Isroil mudofaa kuçlarining Ğazo sektoridagi quruqlikdagi operatsiyasi falastinliklar yaşovçi qirğoq çiziğini ikki qismga böldi. Isroil kuçlari Ğazo şahrini janubiy qirğoqdan örab oldi hamda «hozir Ğazo sektorining janubi va Ğazo sektorining şimoli bor», dedi 5 noyabr, yakşanba kuni TsAHAL matbuot kotibi Daniel Xagari. Şu bilan birga, Ğazoni nazorat qilayotgan HAMAS guruhiga qarşi harbiy amaliyotlar çoğida «hal qiluvçi» hujumlar davom etmoqda, dedi u.

Isroil qurolli kuçlarining Telegram-kanalida Ğazo sektori qirğoqlari böylab pozitsiyalar egallab olingani haqida xabar berilgan. Isroilning 36-armiya diviziyasi quruqlikdagi operatsiyalarni kengaytiriş doirasida çiziqning şimoliy hududlariga hujum qildi, uning vazifasi Ğazo şahridagi HAMAS kuçlarini örab oliş va guruhning alohida nişonlarini yöq qilişdir. Bayonotda aytilişiça, diviziya HAMASga qaraşli 1600 dan ortiq nişonlarga, jumladan, infratuzilma, qurol-yaroğ omborlari, tankka qarşi raketa otiş moslamalari va kuzatuv postlari hamda jangçilarga zarba berdi.

Avvalroq TsAHAL qator mamlakatlarda ommaviy norozilik namoyişlari va öt oçişni töxtatiş talabiga qaramay, HAMASga qarşi harbiy amaliyotlar davom etişini ma’lum qilgan edi. Ğazo sektorida 27 oktyabrda boşlangan quruqlikdagi operatsiya davomida 2500 dan ortiq nişonlarga zarba berildi, 5 noyabrga ötar keçasi esa guruhning «harbiy bazasi» yöq qilindi, dedi TsAHAL vakili. Xagarining sözlariga köra, HAMAS va uning rahbari Yahyo as-Sinvar vayron bölgan Ğazoni körsatişga harakat qilib, u yerdagi odamlarning azob-uqubatlari uçun Isroilni javobgarlikka tortişga erişmoqçi.

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. 

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 9 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.