Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksey Juravlev Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarda rossiyaliklarga yer beriş töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqmoqda. Uning fikriga köra, Ukrainadagi uruşning bevosita iştirokçilari özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR», şuningdek, Xerson va Zaporijjya viloyatlarining bosib olingan qismlarida yerni ustuvor tartibda sifatida olişi kerak. Bu haqda 5 noyabr kuni «Kommersant» gazetasi xabar berdi.
«Men Rossiya maxsus operatsiyasi iştirokçilari uçun «Şarqiy Ukraina gektarlari» dasturining paydo bölişini talab qilgan bölardim. Aytgança, Rossiya allaqaçon 100 million gektardan köproqqa kengaytirilgan va bizning ğalabamizdan keyin kimdir uni bölişi kerak. Uzoq Şarqda va Arktikada mamlakatning har bir fuqarosi gektarga da’vo qilişi mumkin, ammo «DXR», «LXR», Zaporijjya va Xerson viloyatlarida men hududlarni töğridan töğri ularning ozod etilişida iştirok etganlar örtasida taqsimlaşni taklif qilaman», dedi naşrga «Rodina» partiyasi rahbari Juravlev.
Donetsk va Luhansk «xalq respublikalari»
Donetsk va Luhansk «xalq respublikalari» 2014 yil aprelida rossiyaparast ayirmaçilar tomonidan egallab olingan hududlarda tuzilgan. Ular öşa yilning 12 mayida bir kun avval ötkazilgan, BMTga a’zo birorta davlat tomonidan tan olinmagan «referendumlar» natijalariga köra öz «suvereniteti»ni e’lon qildi. Rossiya uşbu ovoz beriş natijalarini hurmat qilişini e’lon qildi, ammo de-yure buni tan olmadi.
Ukraina qonunçiligiga köra, rossiyaparast ayirmaçilar nazorati ostidagi hududlar Rossiya tomonidan vaqtinça işğol qilingan deb hisoblanadi. «DXR» va «LXR» tuzilmalarining mustaqilligi Rossiya tomonidan tan olingan, buni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022 yil 21 fevraldagi telemurojaatida e’lon qilgan.












