Rossiya prezidenti Vladimir Putinniki ekani aytilayotgan va Italiyada hibsga olingan «Şahrizoda» (Scheherazade) yaxtasi yana suvga tuşirildi. Bunga birinçi bölib sohaga oid eSysman SuperYaçs kanali e’tibor qaratdi.
Mutaxassislar ma’lumotiga köra, yaxta 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli bosqinidan keyin Marina di Carrara portida saqlanayotgan edi. Kanal egalarining qayd qilişiça, ular şu vaqt mobaynida 4 marta portga borişgan va yaxta Italiya kemasozlari tomonidan ta’mirlanayotganini körişgan.
«Şahrizoda» yaxtasi «Putinga tegişli ekani»ni rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy jamoasi öz suriştiruvidan söng e’lon qilgan. Yaxtada xizmat qiluvçi xodimlarning barçasi rusça ism familiyaga ega bölgani va ularning deyarli barçasi Rossiya Federal muhofaza xizmati (FSO) bilan aloqador ekani, yaxtani quriş uçun 583,1 million yevro sarflangani aniqlangani aytilgan.
2022 yil may oyida yaxta Italiya hukumati tomonidan hibsga olindi. Moliya politsiyasi xabariga köra, «yaxtaning haqiqiy egasi bilan Rossiya hukumatining taniqli vakillari örtasida muhim iqtisodiy va biznes aloqalari mavjudligi» aniqlangan.
Aleksey Navalniy tomonidan asos solingan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jamğarmasi (FBK) suriştiruv bölimi boşliği, Anti-Corruption Foundation (ACF) raisi Mariya Pevçix ijtimoiy tarmoqda Italiya hukumatiga murojaat qildi.
«Agar Italiya hukumati qandaydir sababga köra «Şahrizoda»ni qöyib yuborsa, bu eng katta şarmandalik böladi. Bu Yevropa Ittifoqining sanksiyalar siyosatiga eng jiddiy zarba böladi. Bunday bölmasligi kerak. Putinga yaxtasini qaytarib bermang, bunga aql bovar qilmaydi», dedi Pevçix.












