Rossiyaning Çelyabinsk viloyati gubernatori farmoniga köra, kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga migrantlarni taksi yoki mikroavtobus haydovçisi sifatida yollaş taqiqlandi. Hujjat 2024 yil 1 yanvardan kuçga kiradi, deb yozdi «Kommersant».
Qayd qilinişiça, farmon mintaqaning mehnatga layoqatli mahalliy aholisining bandligini oşirişga qaratilgan.
Şu bilan birga, Çelyabinsk viloyati ma’muriyati vakiliga köra, bu Rossiyada pul işlaşning «sevimli» usullaridan biri ekani hisobga olinsa, migrant haydovçilar bilan ilgari yuzaga kelgan bir qator muammolarni hal qilişi kerak. Bu muammolar qaysi ekaniga tuşuntiriş berilmagan.
Çelyabinsk viloyatida 2016 yildan buyon çet elliklarni jamoat transporti haydovçisi sifatida işga yollaş taqiqlangan. U har yili gubernator qarori bilan uzaytirilmoqda. Uşbu taqiq migrant haydovçilar tomonidan sodir etilayotgan «yöl transport hodisalari köpayib borayotgani» sababli joriy qilingan.












