“Avvalambor, Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammitida sizlar bilan uçraşib turganimdan behad xursandman. Özbekiston zaminiga xuş kelibsiz!” – dedi prezident nutqi avvalida.
Şavkat Mirziyoyev IHTning xalqaro maydondagi ahamiyatiga töxtaldi.
“Bugungi oliy darajadagi uçraşuvimiz bizning umumiy taraqqiyot yölida köp tomonlama hamkorlikni kengaytirişga bölgan qat’iy intilişimizning yaqqol dalilidir.
Bugun köz öngimizda dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda özgarmoqda va global qayta qurilişi sodir bölmoqda.
Bu murakkab jarayonlarda özining katta örniga ega bölgan taşkilotimiz davlatlari birgalikda hamjihat bölib harakat qilişi, vujudga kelayotgan xavf-xatarlarga qarşi samarali yeçimlar topişi muhimdir.
“Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” şiori ostida ötayotgan sammitimizda siz, aziz hamkasblarim bilan köp tomonlama aloqalarimizni yangi bosqiçga olib çiqiş va eng dolzarb masalalar böyiça batafsil fikr almaşamiz.
Barçangizga bugungi tadbirimizda iştirok etayotganingiz va özaro manfaatli munosabatlarimiz ravnaqiga qöşayotgan ulkan hissangiz uçun alohida taşakkur bildiraman.
Fursatdan foydalanib, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydaroviç Aliyevni taşkilotimizdagi muvaffaqiyatli raisligi bilan samimiy tabriklayman.
Ozarbayjon raisligi doirasida “Yaşil ötiş va özaro boğliqlik yili”da ötkazilgan qator tadbir va taşabbuslar amaliy şerikligimizni kengaytirişga salmoqli hissa qöşdi.
Kelgusi yilda taşkilotimizga raislik qiladigan Eron Islom Respublikasining mintaqaviy savdoni rivojlantiriş orqali hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş borasidagi reja va maqsadlarini töliq qöllab-quvvatlaymiz”, – dedi Özbekiston rahbari.












