Rossiyada 2022 va 2023 yillarda qotillikda ayblangan kamida 17 kişini afv etildi. «Agenstvo»ning 9 noyabr, payşanba kuni e’lon qilingan materialiga köra, afv etilganlarning barçasi Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşib, keyin ozodlikka çiqqan, ba’zilari esa qaytib kelgaç, yana jinoyat sodir etgan.
Kemerovoda yaşovçi Vladislav Kanyusning ozod etilişi eng rezonansli voqealardan biri böldi, u özining sobiq tanişi Vera Pextelevani şafqatsizlarça öldirib, unga yuzdan ortiq jarohatlar yetkazgan. Qotillik paytida qöşnilar qizning qiçqiriğini eşitib, bir neça bor politsiyaga qönğiroq qilgan, ammo politsiya kelmagan. Politsiyaçilar öz işiga beparvolik bilan yondaşgani uçun şartli qamoq jazosini oldi, 17 yilga qamalgan qotil esa Ukrainaga uruşga ketgan va Rossiyaga ozod şaxs bölib qaytgan.
Qotillikda ayblangan va afv etilganlar orasida 23 yoşli Tatyana Rekutinani zörlab öldirgan Perm ölkasida yaşovçi Artem Buçin; özining 33 yoşli tanişi Olga Şlyaminani öldirib, jasadini bölaklab taşlagan Arxangelsk viloyatida yaşovçi Vyaçeslav Samoylov; 27 yoşli tanişi Tatyana Melexinani böğib öldirgan Perm viloyatida yaşovçi Dmitriy Zelenskiy; ukasi bilan birga 19 yoşli Mariya Neçetnayani kaltaklab öldirgan obninsklik Vladislav Korobeynikov ham bor.
Ba’zilar uruşdan qaytgaç, yana jinoyat sodir etgan, masalan, Kirov viloyatidan bölgan Ivan Rossomaxin, agar afv bölmasa, qotillik va talonçilik uçun 14 yillik qamoq jazosini ötaşi kerak edi: uruşdan qaytgaç, u qişloqdoşi, 85 yoşli Yuliya Buyskixni piçoqlagan. «Agenstvo» ma’lumotlariga köra, Ukrainadagi uruşdan qaytgan rossiyaliklar kamida 20 ta jinoyat sodir etgan, buning natijasida 27 kişi halok bölgan.
Naşr jurnalistlarining ta’kidlaşiça, aslida uruşda qatnaşgani uçun afv etilgan qotillar köp. Ularning köplari frontda halok böldi, boşqalarining holatlari rezonansga olib kelmadi. Bundan taşqari, deya yozadi «Agenstvo», mahkumlar maxfiy farmonlar bilan afv etilyapti.












