Turkiyaning SunExpress aviakompaniyasi Samarqand va Izmir örtasida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöydi. 

13 noyabr kuni Izmirdan parvoz qilgan samolyot birinçi marta Samarqand aeroportiga qöndi. 

Qayd qilinişiça, SunExpress mazkur yönalişda muntazam qatnovlarni haftada ikki marotaba, duşanba va payşanba kunlari amalga oşiradi. Samolyot Izmirdan soat 22:05 da uçadi, Samarqandga soat 4:40 da qönadi. Öz navbatida, Samarqanddan soat 5:40 da uçib ketadi va Izmirga soat 9:05 da yetib boradi. Har bir aeroport uçun mahalliy vaqt körsatilgan.