AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak bilan uçraşuv çoğida Kiyevga qişda Rossiyaning mamlakat fuqarolik infratuzilmasini öqqa tutişi ehtimolini bartaraf etişda yordam taqdim etişga va’da berdi. Bu haqda 13 noyabr, duşanba kuni AFP xabar qilgan.

«Ukraina hukumati bilan bölgan barça suhbatlarimizda ularni qöllab-quvvatlaşda davom etişimizni oçiq aytyapmiz», - dedi Davlat departamenti vakili Metyu Miller muzokaralar haqida. Uning sözlariga köra, Blinken Yermak bilan Vaşington va Kiyev birgalikda Ukraina infratuzilmasini kelgusi qiş uçun mustahkamlaşda qilişi mumkin bölgan qadamlarni muhokama qilgan. 

«Albatta, biz ötgan qişda Rossiya Ukrainadagi energetika obektlarini qanday yöq qilişga uringanini kördik. Ular buni yana qilişi mumkin», - dedi Miller. 

Yermak: Ukraina qişda havo mudofaasiga muhtoj 

Yermak Blinken bilan uçraşuvni «muhim va samarali» deb atadi hamda «AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati, AQŞ Kongressining ikkala palatasi va butun Amerika xalqiga misli körilmagan yordami uçun» minnatdorçilik bildirdi. 

«Qiş yaqinlaşar ekan, biz Rossiya raketa hujumi kuçayişini kutmoqdamiz. Şuning uçun haqiqatan ham Ukraina şaharlarini, muhim infratuzilma obektlarini, şuningdek, «don yölagi» yöllarini himoya qiladigan havo mudofaasi va raketaga qarşi mudofaa tizimlari kerak», deb yozadi Yermak Telegram-kanalida. 

Amerikaning Ukrainaga yordamini moliyalaştiriş bilan boğliq muammolar 

Oq uy respublikaçilar bilan Ukrainaga harbiy yordamni moliyalaştirişni davom ettiriş borasida haligaça kelişa olmayapti. Oktyabr oyi oxirida respublikaçilar köpçilik bölgan Vakillar palatasi Ukrainaga yordam körsatmasdan Isroilga yordam beriş uçun 14,3 milliard dollar ajratiş haqidagi qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Öz navbatida, demokratlar ustunlikka ega bölgan Senat qonun loyihasini blokladi. 

Şu bilan birga, AQŞ rasmiylari Kongress tomonidan tasdiqlangan 60 milliard dollarning taxminan 96 foizini Ukrainaga yordam beriş uçun sarflab bölgan.