Çexiya hukumati Rossiya davlatiga tegişli xorijdagi köçmas mulklarni boşqaradigan «Goszagransobstvennost» federal davlat unitar korxonasini milliy sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Bu haqda 15 noyabr, çorşanba kuni Çexiyaning CTK axborot agentligi xabar berdi. Çexiyadagi xorijiy davlat mulkining barça aktivlari muzlatildi va uşbu korxonaning mamlakatdagi har qanday tijorat faoliyati, şu jumladan köçmas mulkni ijaraga berişi taqiqlab qöyildi, deya tuşuntirdi mamlakat taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiy.
Uning sözlariga köra, Çexiyada Rossiyaga tegişli köçmas mulkning aksariyati Praga va Karlovi Varida joylaşgan. Lipavskiy aniqlik kiritişiça, uşbu mulkni ijaraga olgan odamlar va kompaniyalar undan foydalanişda davom etişi mumkin, ammo ijara haqi Rossiya rasmiylari foydalana olmaydigan hisobraqamiga tuşadi. «Bu bilan Rossiya uruşini moliyalaştirgan tijorat faoliyati tugatiladi», deb ta’kidladi Çexiya TIV rahbari X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğida.
Lipavskiy qöşimça qilişiça, Çexiya hukumatining mamlakatdagi Rossiya davlat mulkini muzlatiş haqidagi qarori Rossiya elçixonasining diplomatik faoliyat uçun foydalaniladigan köçmas mulkiga taalluqli emas. Gap, xususan, elçixonaning özi va elçi qarorgohi haqida bormoqda.
Kiyev Praganing qarorini olqişladi
«Çexiya Rossiyaning barça davlat aktivlarini muzlatib qöydi. Men bu fundamental qadamni olqişlayman hamda hamkasbim va döstim Yan Lipavskiyga minnatdorçilik bildiraman. Buni amalga oşirmagan barça davlatlar Çexiyadan örnak olişi kerak. Rossiya pullari vayronagarçilik uçun emas, balki Ukrainani tiklaşga yönaltirilişi kerak», deb yozdi taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba X ijtimoiy tarmoğida.
Çexiya Rossiyaning xorijiy köçmas mulkini muzlatib qöygan birinçi davlat böldi. Lipavskiyning aytişiça, mamlakat hukumati bu tajribani butun Yevropa Ittifoqiga tatbiq etişga intiladi. Çexiya diplomatiyasi rahbari Rossiyadan javob çoralari kutilmayotganini qöşimça qildi: «Menda Çexiyaning Moskvada şunga öxşaş aktivlari borligi haqida heç qanday ma’lumot yöq. Eng muhimi, biz qöşnilarimizga qarşi tajovuzkor uruş olib borayotganimiz yöq, şuning uçun qaysi asosda javob çoralari qöllanişi mumkinligini aniqlab bölmayapti».
27 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining 27 davlati Yevropa komissiyasi va Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmatidan Ukrainaga yordam beriş uçun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalaniş böyiça takliflar tayyorlaşni söragani ma’lum böldi. Avvalroq Belgiya Ukrainaga Rossiya aktivlaridan tuşgan 1,7 milliard yevro soliqlarni taqdim etişi töğrisida xabarlar tarqalgandi. Kremlga köra, Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boşlaşi ortidan ğarb davlatlarining turli bank hisoblarida 300 milliard dollarga yaqin mablağ muzlatib qöyilgan.












