Özbekiston rossiyaliklar orasida eng maşhur qişki yönalişlar uçligiga kiradi. Bu haqda «Yandeks.Travel» tadqiqotiga asoslanib Spot xabar bermoqda.
Birinçi örinda Tailand turadi, u yerda sayohat kişi boşiga 77 ming rubl (835,8 dollar) turadi. Şuningdek, Tailandning Bangkok va Pxuket eng köp taşrif buyuriladigan şaharlar deb topildi.
Özbekiston rossiyaliklar orasida maşhurlik böyiça ikkinçi örinni egalladi. Rossiyalik sayyohlar uçun aviaçiptalar narxi 31 ming rublni (Rossiya Markaziy banki kursi böyiça 336,5 dollar) taşkil etadi.
Kuçli uçlikda eng ommabop yönalişlardan biri Turkiya (423,3 dollar) turibdi. Qişki yönalişlar top-5ligini Hindiston (575,3 dollar) va Ozarboyjon (303,9 dollar) yakunladi.
Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning 10 oyi davomida Özbekistonga qariyb 630 ming Rossiya fuqarosi kelgan. Xususan, 200 mingdan ortiq rossiyalik sayyohlik maqsadida kelgan.












