Kanadada istiqomat qiladigan, asli özbekistonlik Farhod Fayzullayev özi yaşaydigan Toronto şahrida sodir bölgan yöl-transport hodisasi va uning iştirokçilariga çiqarilgan sud hukmi haqida yozib qoldirdi.
Ma’lum bölişiça, Kanadaning Toronto şahrida 2022 yil yanvar oyida YTH sodir bölgan. Bu iş böyiça çiqarilgan sud hukmiga köra, BMW haydovçisi 9 oyga qamaladi va 5 yil muddatga avtomobil boşqariş huquqidan mahrum böladi.
“Avariya natijasida BMW borib urilgan taksi haydovçisining bir qöli yaxşi işlamay qolgan, taksi yölovçisi esa bir közi körmay qolgan”, — deydi Fayzullayev.
Qoidabuzar bunday tez yurişini uyida favqulodda holat yuzaga kelgani bilan izohlagan. Sud materiallariga köra, haydovçining oila a’zolaridan biri alkogolizmga duçor bölgan va haydovçi uyiga şoşayotgan bölgan. Sudyaning e’tiroziga köra, haydovçi maşinani tez haydaş örniga, 911 telefon qilib, tegişli xizmatlardan yordam söraşi kerak bölgan.
Davletov.uz kanali muallifi kanadalik haydovçiga berilgan jazo fonidan Özbekistonda şunday holatda aybdorlarga berilayotgan jazolarni eslatgan.
Masalan, yaqinda poytaxtning Yaşnobod tumanida Nexia haydovçisi tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyida 37 haftalik homilador ayolni urib yubordi. Ayol olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, ölimidan avval tuqqan öğli ham halok böldi. Sud haydovçiga nisbatan uç yil sinov muddati bilan şartli qamoq jazosini tayinladi.
Gazeta.uz yaqinda oqibati ölim bilan tugagan YTHlar yuzasidan sudlarning tasodifiy 50 ta qarorini örganib çiqqan edi. Sodir etilgan 36 ta jinoiy iş doirasida 12 kişi oğir tan jarohati olgan, 18 kişi, jumladan, velosipedçilar örtaça oğirlikda jarohatlangan, 1 kişi esa yengil jarohatlangan. Olgan tan jarohatlari oqibatida 5 piyoda kasalxonada, yana biri esa hodisa joyida halok bölgan.
36 ta jinoyat işidan 23 tasi — uşbu YTHlarda 9 kişi oğir, 14 kişi esa örta darajadagi tan jarohatlari olganiga qaramay — tomonlarning yaraşuvi bilan tugagan. Faqat 12 ta holat jazo tayinlanişi bilan tugagan. Biror bir haydovçi ozodlikdan mahrum qilinmagan.
Olti haydovçi inson ölimiga sabab bölmagan piyodalarni urib yuboriş holati uçun jazolangan. Barça haydovçilarga 1 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan, ulardan uç nafari 1,5 yildan 2 yilgaça haydovçilik huquqidan mahrum qilingan. Yana bir sudlanuvçiga esa jabrlanuvçining salkam 41,2 mln sömlik davolaniş xarajatlarini qoplab beriş majburiyati yuklangan.
Piyodalarning ölimiga sabab bölgan YTHlar uçun biror bir haydovçi ozodlikdan mahrum qilinmagan. Urib yuborgan piyodalari vafot etgan olti haydovçining bari 1 yildan 3 yilgaça haydovçilik huquqidan mahrum qilingan. Uç nafari 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolangan. Bir haydovçiga ozodlikni çeklaş, yana biriga 1 yillik şartli, uçinçisiga esa 3 yillik axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.











