Qöşma Ştatlar Ukrainaga sovuq harorat davrida Rossiya hujumlarining asosiy nişonlaridan biri bölgan energetika tizimini qöllab-quvvatlaş uçun taxminan yarim milliard dollar berişga tayyor. Bu haqda 17 noyabr, jumaga ötar keçasi Vaşingtonda bölib ötgan brifingda AQŞ davlat kotibining energiya resurslari böyiça yordamçisi Jyeffri Payyett ma’lum qildi. «Qöşma Ştatlar allaqaçon Ukrainaga energetika sohasida 520 million dollardan köproq yordam körsatgan. Yana 500 million dollar bor», - deydi u. 

Payyettning ta’kidlaşiça, Davlat departamenti Ukraina energetikasi böyiça ikkita istiqbolga e’tibor qaratgan: navbatdagi qişga ötayotgan Ukrainaga energiya tizimining çidamliligini oşirişga yordam beriş böyiça qisqa muddatli hamda «Yevropa bilan integratsiyalaşgan va Yevropa standartlariga mos keladigan, markazlaşmagan, yanada barqaror va ekologik jihatdan ança yaxşi» bölgan Ukraina energetika tizimini yaratişga qaratilgan uzoq muddatli.

«Ukrinform» muxbirining mamlakatning 61 milliard dollar miqdoridagi qöşimça moliyalaştiriş haqidagi sörovi Kongressda «tiqilib qolgani» Ukraina energetika sektorini tiklaş va modernizatsiya qiliş böyiça joriy loyihalarga ta’sir qiladimi, degan savoliga Jyefri Payyett töğridan töğri javob bermadi. «Yevropaning energiya yordami Qöşma Ştatlarni ortda qoldirdi, şuning uçun bizning yevropalik ittifoqçilarimiz yukni öz zimmasiga olmoqda», dedi u, şuningdek, Yaponiyani «fantastik şerik» va «Ukraina masalalari böyiça yetakçi» sifatida tilga oldi.

Ukraina energetika tizimi yangi hujumlarga tayyorlanmoqda 

Mutaxassislar hisob-kitoblariga köra, «Ukrenergo» davlat kompaniyasi podstansiyalari, yirik energetika obektlarining qariyb 70 foizi, şuningdek, Ukrainaning barça GES va issiqlik elektr stansiyalari Rossiya raketalari va dronlaridan eng köp zarar körgan. 

«Ukrenergo» boşqaruvi rahbari Vladimir Kudritskiyning «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida ta’kidlaşiça, oktyabr oyi oxirida energiya tarmoğida xavfsizlik çegarasiga ega bölişi uçun yetarli darajada tiklaş işlari olib borilgan. 

«Biz bir milliard dollardan ortiq taşqi mablağni jalb qildik», dedi u va «dunyodagi heç bir davlat bunday turdagi hujumga duç kelmagan, şuning uçun heç kimda tayyor yeçimlar yöq», deya aniqlik kiritdi. «Ukrenergo» muhandislik tösiqlari ustida işlamoqda, ular öqqa tutilganda jihozlarni iş holatida saqlaş imkoniyatini oşiradi, dedi u.