Özbekiston va Möğuliston havo qatnovi töğrisidagi hukumatlararo kelişuvni yangilaş niyatida, deb xabar bermoqda Monsame Agency.
17 noyabr kuni Özbekistonning Xitoydagi va örindoşlik asosida Möğulistondagi elçisi Farhod Orziyev Möğuliston Transport vazirligi rahbari Sandangiyn Byambatsogt bilan mamlakatlar örtasida havo qatnovlari sonini köpaytiriş imkonini beradigan havo qatnovi böyiça şartnoma tuziş masalasini muhokama qildi. U tranzit reyslari va özbek meva-sabzavotlarini taşiş hajmini oşirişni ham nazarda tutadi.
Möğuliston rasmiysining aytişiça, tomonlar tez orada avtomobil transportida taşuvlar böyiça kelişuv tuzadi.
Kelişuv tufayli Yevropadan tovarlar Özbekiston va Möğuliston orqali Xitoyga, Möğuliston va Xitoydan esa Özbekiston orqali Yevropa, Eron, Pokiston va Hind okeani portlariga yetkazib beriladi.
Bundan taşqari, Özbekiston elçisi ikki davlat Möğulistondan meva-sabzavot, şuningdek, göşt, jun va kaşemir mahsulotlarini yetkazib beriş orqali özaro savdo hajmini oşirişi mumkinligini ta’kidladi.












