«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Haydarobod Centrum Airʼning Dehlidan keyin Hindistondagi ikkinçi yönalişiga aylangan.

Agentlik yangi qatnovni Janubiy Hindiston va Markaziy Osiyo örtasidagi ilk töğridan töğri havo yönalişi sifatida qayd etgan.

Yangi reys imkoniyatlarini taniştiriş maqsadida Haydarobodda aviakompaniya va Özbekistonning Hindistondagi elçixonasi hamkorligida taqdimot ötkazilgan.

Unda diplomatlar, aviakompaniya va aeroport vakillari, işbilarmonlar, şuningdek, işbilarmonlik tadbirlari, oilaviy va guruhli turizmga ixtisoslaşgan yuzdan ortiq turoperator hamda sayyohlik kompaniyalari iştirok etgan.

Turizm va biznes uçun yangi imkoniyat

Özbekistonning Hindistondagi elçisi Sardor Rustamboyev yangi reyslar Telangana ştati va Hindistonning janubiy hududlari bilan hamkorlikni kengaytirişga xizmat qilişini taʼkidlagan.

Xususan, raqamli texnologiyalar, farmatsevtika, zargarlik va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantiriş imkoniyatlari qayd etilgan.

Taqdimotda Centrum Air vakili parvozlar jadvali va yönalişda foydalaniladigan samolyotlar haqida maʼlumot bergan.

Toşkent orqali boşqa mamlakatlarga ham uçiş mumkin

Yangi yönaliş Janubiy Hindiston aholisiga Özbekistonga töğridan töğri keliş imkonini beradi.

Şuningdek, yölovçilar uçun Toşkent aeroporti orqali Markaziy Osiyo, MDH, Yaqin Şarq va Yevropa mamlakatlariga tranzit sayohat imkoniyatlari taqdim etilişi bildirilgan.

Tadbirda Özbekistonning turistik salohiyati, mehmonxonalari va dam oliş maskanlari ham namoyiş etilgan. Sönggi 5–6 yil içida Hindistondan Özbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi bir neça barobar oşgani taʼkidlangan.

Haydarobod aeroporti ham yangi qatnovga umid boğlamoqda

GMR Hyderabad International Airport Ltd - GHIAL vakillariga köra, yangi yönaliş biznes, savdo va madaniy almaşinuvlarni faollaştirişi kutilmoqda.

Haydarobod turizmdan taşqari talabalar almaşinuvi, qarindoşlar va döstlarni yöqlaş hamda xalqaro tranzit safarlari uçun ham istiqbolli bozor sifatida baholangan.