Nikolay Orlov 2026-yil yozida Möğulistonga aynan manullarni suratga oliş maqsadida safar qilgan. Bu yovvoyi muşuklar Markaziy Osiyoning daştlari, çala çöllari va toğli hududlarida yaşaydi. Fotograf ularni tabiiy yaşaş muhitida tasvirga olişni istagan.

Biroq katta manulni uçratiş oson bölmagan. Orlov safar davomida voyaga yetgan manulni bor-yöği bir marta körgan. Öşanda ham hayvon undan taxminan 100 metr narida turgan.

Manul bolalarini suratga olişda esa fotografning omadi köproq kelgan. Ular katta manullar kabi öta hurkak bölmagani sababli Orlovga yaqinroq masofadan kuzatiş va suratga oliş imkoni tuğilgan. U ikki marta qoya yoriqlaridagi manul bolalarini taxminan 25–30 metr masofadan tasvirga olgan.

Fotografning aytişiça, muşukçalarning yoşi taxminan uç-tört oy bölgan. U ularning ölçamini 30 santimetr atrofida deb baholagan. Qoyalar orasiga yaşiringan ana şu kiçkina manullar uning fotosuratlari qahramoniga aylangan.

Şunga qaramay, manul bolalari olingan kadrlarda ança mayda köringan. Şu bois Orlov ularning portretlarini tayyorlaş uçun tasvirlarga qöşimça işlov berişga töğri kelganini qayd etgan.
















