"Özgidromet" xizmati agentligi direktori Şerzod Habibullayevga köra, 21 noyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22 noyabrda respublikaning katta qismida, 23 noyabrda Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğadi.
22 noyabrda Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo viloyatlarida, 23 noyabrda Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuçli yomğir yoğadi.
22-23 noyabrda respublikaning toğli hududlarida yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuçli böladi.
Respublika böylab 21-22 noyabrda ba’zi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, 22-25 m/s gaça kuçayişi mumkin, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari +10...+15 darajagaça, keçalari +3...+6 darajagaça pasayadi, şimolda -1...-3 darajagaça bölişi mumkin.
22-23 noyabrda respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin.








