Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.
Qişloq xöjaligiga taʼsir. Iliq va quruq kunlar hosilni yiğiştiriş, kuzgi dala işlari va buğdoy maydonlarini parvarişlaş uçun qulaylik keltiradi. 4–5-noyabr kunlari ayrim hududlarda kutilayotgan yomğir tuproq namligini biroz töldirişi mumkin. Baland toğlardagi qor esa qişki suv zaxiralari şakllanişi uçun muhim tabiiy omillardan biridir. Şu bilan birga, yoğinli kunlarda dala işlarini mahalliy ob-havoga moslaştiriş lozim.
Salomatlik va havo sifati. Kunduzgi iliqlik va nisbatan salqin tonglar örtasidagi harorat farqi tegişliça kiyinişni talab qiladi. Ayniqsa, bolalar, keksalar va surunkali kasalliklari bor kişilar ertalabki salqinni inobatga olişi kerak. Yirik şaharlarda şamolning susayişi va tungi inversiya PM2.5-mayda zarraçalarining töplanişiga şaroit yaratişi mumkin. Şu bois havo sifatini kuzatib boriş, oçiq havodagi jismoniy faollikni çeklaş maqsadga muvofiqdir.
Umuman, iliq noyabr kunlari dehqon uçun dala işlarini davom ettiriş imkoniyati, şahar aholisi uçun esa havo sifatiga eʼtiborni susaytirmaslik zaruratidir.










