Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi 217-maktab direktorining öquvçini kaltaklagani aks etgan videoxabarlar tarqaldi. Toşkent şahar MMTB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, videoda tasvirga olingan voqea 2023 yil 19 sentabr kuni röy bergan. Şu kuni 217-maktab 8-«B» sinf öquvçilari A.M. hamda Ş.I. sinfxonada özaro muştlaşib qolgan. A.M. sinfdoşining yuziga muşt tuşirib, tan jarohati yetkazgan. Bundan xabar topgan maktab ma’muriyati öquvçilarni direktor xonasiga çaqirgan.
Maktab direktori Ya.Ş. ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari G.X., Çilonzor tuman IIO FMB HPB VEMB inspektor psixologi, katta leytenant M.I. guvohligida öquvçilar bilan tuşuntiriş işlari olib borgan. A.M.ga tanbeh beriş çoğida maktab direktori jahl ustida uni sökib, kaltaklagan va tartibga çaqirgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan tuman hokimi örinbosari, maktab ma’muriyati, öqituvçilar, IIB xodimlari va ota-onalar iştirokida ham yiğiliş ötkazilgan.
Ayni paytda yuqoridagi holat huquq-tartibot idoralari tomonidan örganilmoqda.
“Hurmatli pedagoglar! Öquvçilarga nisbatan zöravonlik işlatiş, jumladan, ularni haqoratlaş, kaltaklaş pedagog etikasiga töğri kelmasligini, buning uçun qonunçiligimizda jazo çoralari belgilab qöyilganligini yana bir bor eslatib ötamiz. Yuqoridagi kabi xunuk holat pedagog obrösiga putur yetkazadi, xolos”, deyiladi Toşkent şahar MMTB bayonotida.












