Rosaviatsiya Rossiya aviataşuvçilariga Pxenyanga muntazam parvozlarni boşlaşni taklif qildi, deb yozadi «Kommersant». 20 noyabr, duşanba kuni çop etilgan gazeta maqolasiga köra, bunday taklif allaqaçon «Aeroflot» va Uzoq Şarqning «Avrora» aviakompaniyasi tomonidan qabul qilingan va u yangi reyslarni oçişga «nazariy tayyorligini» tasdiqlagan.

Gazetaning yozişiça, Rosaviatsiya delegatsiyasi ötgan hafta Şimoliy Koreyaga taşrif buyurgan va u yerda KXDR fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati vakillari bilan uçraşib, mamlakatlar örtasida havo qatnovini kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan. Hozirda faqat Vladivostokdan Pxenyanga uçiş mumkin - Şimoliy Koreyaning yagona aviakompaniyasi Koryo haftasiga ikki marta reyslarni amalga oşiradi.

Turoperatorlar yönaliş qiziqiş uyğotişiga işonmayapti

Şu bilan birga, rossiyalik turoperatorlar hali KXDRga turlarni tiklaş böyiça sörovlarni olmagan va bunday sayohatlarga qiziqiş ortişi kutilmayapti. «Kommersant»ning turizm sohasidagi suhbatdoşlari uşbu reyslarda asosiy yölovçilar siyosatçi va işbilarmon doiralar vakillari bölişi mumkinligini bildirgan, Pxenyanga umumiy yölovçi taşiş esa yiliga bir neça ming kişilik körsatkiçdan oşişi dargumon.

«Aeroflot», Rosaviatsiya va Transport vazirligi Şimoliy Koreyaga ehtimoliy muntazam parvozlar haqidagi ma’lumotga izoh berişdan boş tortdi.