HAMAS harakati tomonidan Ğazo sektorida garovga olinganlar 24 noyabr, jumagaça ozod etilmaydi. Bu haqda 22 noyabr, çorşanba kuni keçqurun Isroil Milliy xavfsizlik kengaşi rahbari Tsaxi Xanegbi ma’lum qildi. Haaretz gazetasi va N12telekanali Xanegbining sözlaridan iqtibos keltirgan: «Garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça munozaralar oldinga siljimoqda». Ozod etiş «har ikki tomonning dastlabki kelişuviga muvofiq» amalga oşiriladi, deya qöşimça qildi Isroil rasmiysi. 

Avvalgi keça Isroil hukumati va HAMAS jangçilari tört kunlik sulh haqida kelişib oldi. Kelişuv Ğazo sektorida garovga olingan 50 nafar isroillik va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 150 nafar falastinlik mahbusni 4 kun içida ozod qilişni közda tutadi. Ba’zi Isroil OAV sulh 23 noyabrdan kuçga kirişi, garovga olinganlarning birinçi guruhi öşa kuni ozod qilinişi haqida xabar berdi. 

Kelişuv, xususan, Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilgan AQŞ prezidenti Jozef Bayden tomonidan olqişlandi. Oq uyning ta’kidlaşiça, öt oçişni töxtatiş Ğazo sektoriga insonparvarlik yordami oqimini köpaytiriş imkonini beradi. Öz navbatida, Isroil vazirlar mahkamasi rahbari Vaşingtonga kelişuvni tuzişda körsatgan yordami uçun minnatdorçilik bildirdi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 14 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.