Prezident Şavkat Mirziyoyev “Özbekneftgaz” AJda bölib, energetika tizimining qiş mavsumiga tayyorgarligi bilan tanişdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, yil boşida kelgan anomal sovuqdan xulosa qilib, tizim salohiyati oşirilgan. Içki imkoniyatlar töla işga solinib, tarmoqlar modernizatsiya qilindi. Xorijiy şeriklar bilan hamkorlikda iş olib borildi. Muassasa, korxona va turar joylardagi dolzarb masalalar örganilib, bartaraf etildi.
– Bu yil energetika tizimini yaxşilaşga barça manbalardan 14,5 trillion söm berdik. Qanday xomaşyo, buyum, texnika kerak bölsa, olib berildi. Endi soha rahbarlari mas’uliyatni töliq zimmasiga olib, aniq reja qilişi va energiya yetkazib berişni kafolatli ta’minlaşi zarur, – dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.
Joriy yilning ötgan davrida 675 megavattli elektr quvvatlari işga tuşdi. Respublika böyiça 100 ta podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilandi.
Aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş maqsadida qöşimça 5 milliard kub metr kafolatli gaz yetkazib berilişi hal qilindi. Yerosti omborlarida yetarliça gaz zaxirasi jamlandi.

Prezident sovuq kunlarda energiya resurslariga bölgan talabni kafolatli ta’minlaş mutasaddilarning hisobotini eşitdi.
Energetika vaziri ajratilgan mablağ evaziga joriy yilda qilingan işlar va yaratilgan zaxira, kunlik iste’mol va uni ta’minlaş möljallari töğrisida axborot berdi.
Qayd etilganidek, energetika tizimi 1 dekabrdan 24 soatlik iş tartibiga ötadi. Yaqin oylarda 1 ming 700 megavattli 8 ta quyoş va şamol elektr stansiyasi, Sirdaryoda 500 megavattli gaz turbinasi işga tuşiriladi. Surxondaryodagi Şarğun konida 900 ming tonna kömir qazib çiqariş boşlanadi.
Şuningdek, suyultirilgan gaz, mazut, transformator, kabel va boşqa zarur vositalarning zaxirasi tayyorlab qöyilgan.

Davlat rahbari energiya manbalarini barqaror yetkazib beriş, şu bilan birga, tölov intizomini ta’minlaş muhimligini ta’kidladi. Noqonuniy ulanişlarga çek qöyiş, ob-havoga qarab, iliq kunlarda energiya resurslarini iqtisod qiliş böyiça körsatmalar berildi.












