Özbekistonning Jiddadagi boş konsulligida Mahmasah Tasali Marsa Matrooh Company for nuts kompaniyasi boş direktori Labib Muhammad Saad bilan muzokaralar ötkazildi.

«Dunyo» xabariga köra, uçraşuv çoğida Özbekistonda yetiştirilgan quruq mevalar, bodom va yonğoq mahsulotlarini Saudiya Arabistoniga eksportini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Labib Muhammad Saadning aytişiça, u rahbarlik qilayotgan  kompaniya quruq mevalar va yonğoq mahsulotlari eksporti hamda importi bilan şuğullanadi. Ma’lum qilinişiça, kompaniya savdo tarmoqlari podşohlikning Ar-Riyod, Jidda, Makka, Dammam, Al-Xubar va Al-Qurayta şaharlarida faoliyat yuritadi.

- Hozirgi vaqtda Özbekistonda meva-sabzavotlarni yetiştiriş va qayta işlaş böyiça katta tajriba töplangan, - dedi u. - Ular öz sifati va ta’mi jihatidan arab bozorlari e’tiborini tortmoqda. Biz ekologik sifatli mahsulotlar va «soğlom ovqatlaniş» dasturi doirasida quruq mevalar, bodom va yonğoqlarni Özbekistondan Saudiya Arabistoniga olib kelişni rejalaştiryapmiz.

Muzokaralar yakunida quruq mevalar, bodom va yonğoq eksporti bilan şuğullanadigan Özbekistonning yirik kompaniyalari bilan aloqalarni yölga qöyiş va tegişli taşkilotlar bilan muzokaralarni davom ettiriş töğrisida kelişib olindi.