2023 yilning ötgan davrida Özbekistonda 26 ta noqonuniy mayning fermasi aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura xabar berdi.
Qayd qilinişiça, ular tomonidan 29 mln kWh elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Bu 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyojiga teng. Davlatga yetkazilgan zarar 58 milliard sömdan oşgan.
Holat yuzasidan 29 nafar şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) tegişli qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va ular protsessual tartibda uşlangan.


Boş prokuraturaning eslatişiça, mayning faoliyati bilan noqonuniy şuğullanib energiya resurslarini juda köp miqdorda talon-toroj qiliş Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 4-qismi bilan jinoyat işi qözatilişiga hamda 8 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi mumkin.












