Ikki davlat munosabatlarining keng doirasi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, iqlim özgarişi oqibatlarini bartaraf etiş kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

Keyingi yillarda mamlakatlar örtasida iqtisodiy yönalişdagi hamkorlik kengayib, özaro tovar ayirboşlaş hajmi muttasil ösib bormoqda. Özbekistonda faoliyat yuritayotgan BAA sarmoyalari iştirokidagi korxonalar soni 5 yilda 2,5 barobarga oşdi.

Investitsiya loyihalari portfeli kengayib, «yaşil» energetika, qişloq xöjaligi, transport va logistika, turizm infratuzilmasi kabi yönalişlarni qamrab olgan.

«Munosabatlarimizning bugungi sur’atidan kelib çiqib, parlamentlararo aloqalarni kuçaytiriş, oliy darajada erişilgan kelişuvlarni huquqiy jihatdan ta’minlaş va parlament nazorati doirasida ularning ijrosini ta’minlaşga kömaklaşiş yuzasidan fikr almaşdik.

Saqr Ğobaş janoblari yurtimizda yetişib çiqqan buyuk allomalar merosiga qiziqişi katta ekanligini, kelasi yili Özbekistonga taşrif buyurişini ma’lum qildi. Uşbu taşrif doirasida hamkorlikka oid tegişli hujjatlarni imzolaşga kelişib oldik», deb yozadi Tanzila Norboyeva.