Sergeli tuman sudi tomonidan çoyxonada qimor öyinlarini taşkil qilib kelgan şaxsga hukm öqilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, joriy yil 20 may huquq-tartibot idoralari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumanida joylaşgan çoyxonada bir guruh şaxslar qimor öynayotgani ma’lum bölgan.

Çoyxonani közdan keçiriş jarayonida qimor öyinlarida foydalaniladigan oşiq suyaklar, öyin kartalari, plastik idişlar, soçilgan holda yotgan 1800 dollar va 755 ming söm aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Tadbir davomida qimor öyini taşkilotçisi, Çilonzor tumanida yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan muqaddam sudlangan şaxs qölga olinib, u doimiy tarzda bu kabi öyinlarni taşkil qilib kelgani aniqlangan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan bu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borildi.

2023 yilning oktyabr oyida jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan. Unga 4 yil-u 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.