Xalqaro yengil atletika federatsiyalari (World Athletics) assotsiatsiyasi prezidenti Sebastyan Kou rossiyalik yoki belaruslik sportçilarning 2024 yilda Parijda bölib ötadigan Olimpiada öyinlarida hatto neytral maqomda ham qatnaşiş imkoniyatini rad etdi. «Siz Parijda Rossiya va Belarusdan neytral sportçilarni körişingiz mumkin, ammo bu yengil atletikada bölmaydi», dedi Kou 8 dekabr, juma kuni bölib ötgan matbuot anjumanida. 

Bir neça soat oldin Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Rossiya va Belarus sportçilariga Parijdagi öyinlarda neytral sportçilar sifatida qatnaşişga ruxsat berdi - janglarni faol qöllab-quvvatlovçi, armiya yoki xavfsizlik kuçlari bilan şartnoma tuzgan, şuningdek, jamoaviy sport turlarida qatnaşadiganlar bundan mustasno.

Sebastyan Kou avvalroq rossiyaliklarga yengil atletika musobaqalarida iştirok etişga ruxsat bermay, XOQdan uzoqlaşgan edi. Yevropa yengil atletika assotsiatsiyasi ham bir neça bor Rossiyaning xalqaro musobaqalarga qaytişiga qarşi çiqdi. 

Parijdagi yozgi Olimpiya öyinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bölib ötadi.