Rossiya armiyasi Ukrainaning energetika infratuzilmasini yöq qiliş uçun navbatdagi qişki kampaniyani boşlagan bölişi mumkin, deb hisoblaydi Britaniya harbiy razvedkasi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan 10 dekabr, yakşanba kuni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğida çop etilgan kundalik hisobotida aytilişiça, gap ikki oydan ortiq tanaffusdan söng strategik samolyotlardan foydalangan holda yangi zarbalar beriş haqida ketmoqda.

Hisobot mualliflari ta’kidlaganidek, 7 dekabrga ötar keçasi Rossiya Harbiy-havo kuçlari 2023 yil 21 sentabrdan beri birinçi marta «oğir bombardimonçi samolyotlardan foydalangan holda Kiyev va markaziy Ukrainaga kuçli hujumlar amalga oşirdi». Tu-95 ekanligi taxmin qilinayotgan bu samolyotlar Kaspiy dengizi ustida joylaşgan hududdan kamida 16 ta qanotli raketalarni uçirdi. Ehtimol, bu X-101 raketalari bölgan (NATO tasnifiga köra - AS-23a KODIAK).

«Rossiya qişki kampaniyada foydalaniş uçun bu raketalarni zaxiralab qöygan. Bu, ehtimol, Ukrainaning energetika infratuzilmasini yöq qilişga qaratilgan Rossiya kampaniyasining boşlanişidir», - deyiladi razvedka hisobotida. Şu bilan birga, ta’kidlanişiça, hujumdan körilgan zarar «minimal», çunki raketalarning aksariyati Ukraina havo mudofaasi tomonidan muvaffaqiyatli tutib olingan.