Rossiyaning Ukraina bilan uruşdagi yöqotişlari halok bölgan va jarohat olgan 315 ming kişini taşkil etadi. Bu haqda Reuters hamda CNN 12 dekabr, seşanba kuni Amerika razvedka xizmatlarining maxfiy ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Razvedka ma’lumotlari bilan taniş bölgan naşr manbalarining ta’kidlaşiça, Rossiya qurolli kuçlarining şaxsiy tarkib va zirhli texnikadagi yöqotişlari «mamlakatning harbiy modernizatsiyasini 18 yilga orqaga surdi».

Rossiya Avdiyivka yaqinidagi hujum paytida jiddiy yöqotişlarga duç keldi

Amerika razvedkasi ma’lumotlariga köra, Ukrainaga qarşi uruş boşlanganda Rossiya armiyasida 3500 ta tank bölgan, şundan 2200 tasi yöq qilingan. Bundan taşqari, 13600 ta piyoda jangovar maşina va bronetransportyordan 4400 tasi yöq qilingan, bu ularning 32 foizini taşkil etadi.

Şu kuni AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Edriyenn Uotson 2023 yil oktyabr-noyabr oylarida Rossiya armiyasida Avdiyivka yaqinidagi hujum çoğida 13 ming kişi halok bölgan va yaralangani, 220 dan ortiq zirhli texnika yöqotilganini ma’lum qildi. Rossiya va Ukraina uruşdagi yöqotişlari haqida rasmiy ma’lumot bermayapti.