Özbekistonning Avstriyadagi elçisi Baxtiyor Ibragimov BMTning Kosmos masalalari böyiça boşqarmasi (UNOOSA) direktori Arti Xoll-Mayn bilan uçraşuv ötkazdi.

«Dunyo» xabariga köra, muloqot çoğida UNOOSA'ning kosmik tadqiqotlar sohasidagi turli dastur va taşabbuslari hamda global muammolarni hal qilişda kosmik texnologiyalarning roli xususida fikr almaşildi.

Tomonlar UNOOSA va Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi «Özbekkosmos» agentligi örtasidagi özaro aloqalarni jadallaştiriş, qişloq xöjaligi, örmonlarni kesiş bilan boğliq harakatlarni oldini oliş va noqonuniy qazib olişga qarşi kuraş kabi sohalarda hamkorlikning mavjud salohiyatini muhokama qildilar.

Uçraşuvda, şuningdek, Orol dengizining qurişi bilan boğliq masalalar, qişloq xöjaligi mahsuldorligini oşiriş, atrof-muhit monitoringi, suv resurslarini tahlil qiliş va çöllanişga qarşi kuraşiş cingari ekologik muammolarni hal qilişda kosmik texnologiyalardan foydalaniş böyiça hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratildi.