Moskva şahridagi «Zaryadiye» konsert zalida bölib ötgan yiğilişda saylovçilar taşabbuskor guruhi Rossiya prezidenti saylovida öz-özini körsatgan nomzod sifatida Vladimir Putin nomzodini qöllab-quvvatladi.

Tegişli qaror bir ovozdan qabul qilindi. Nomzodni körsatiş guruhiga Andrey Turçak, Artyom Joga, Tatyana Navka, Jyeff Monson, Vladimir Maşkov, Yaroslav Dronov, Sergey Karyakin, Valeriy Gergiyev, Konstantin Yaroşenko va boşqa önlab maşhur rossiyaliklar kirdi.

Yiğiliş bayonnomasi Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi va taşabbus guruhi röyxatga olinganidan söng, Putin tarafdorlari imzo töplaşni rasman boşlaşi mumkin böladi.

Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin 8 dekabr kuni yangi, beşinçi prezidentlik muddatiga öz nomzodini qöyişini ma’lum qilgan edi.

Rossiyada prezident saylovi 2024 yil 15-17 mart kunlari bölib ötadi.

Vladimir Putin bundan oldin 4 marta prezidentlik saylovida nomzodini qöygan va barçasida ğalaba qozongan. U 2000 yildan beri Rossiyaga rahbarlik qilmoqda.

Uning amaldagi prezidentlik vakolati 2024 yil 7 may kuni nihoyasiga yetadi.