19 dekabr kuni Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovçi monumentning oçiliş marosimi bölib ötdi.

Tantanali marosimda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy iştirok etdi.
Tadbirda BMT boş kotibining yordamçisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy şaxslari ham qatnaşdi.

Kafti oçiq qöl körinişida metalldan işlangan uşbu ön ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barça mamlakatlarini unga qarşi kuraşişda birlaşişga çaqiriqni anglatadi.
















