BAAda muqim istiqomat qilib kelayotgan özbekistonliklar orasida hamjihatlikni mustahkamlaş hamda vakolatxonaning ustuvor yönalişlarida hamkorlikni davom ettiriş maqsadida Özbekiston boş konsulxonasida faol vatandoşlar bilan navbatdagi amaliy uçraşuv bölib ötdi.

"Dunyo" xabariga köra, suhbat çoğida uzoq yillar davomida özining yirik xususiy turistik kompaniyasiga ega bölib, uşbu korxonani muvaffaqiyatli boşqarib kelayotgan özbekistonlik tadbirkor bilan 2023 yil yakunlari böyiça boş konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan işlar, şu jumladan turizm yönalişida amalga oşirilgan tadbirlarning sarhisobi qilindi.

Bugungi kunga kelib mamlakat köplab rivojlangan davlatlar, şu qatori BAA bilan örnatilgan mustahkam aloqalarning ijobiy natijasi sifatida ikki davlat örtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar yönalişlardagi hamkorlik jadallaşib bormoqda. Şu munosabat bilan sönggi 4-5 yil içida Özbekiston va BAA örtasidagi aviaqatnovlar soni bir neça baravarga (haftasiga 46 reys) ösdi. Uşbu körsatkiçlarni yanada yuqori darajaga olib çiqiş boş konsulxonaning asosiy ustuvor yönalişlaridan biri etib belgilangan.

Uçraşuv yakunida kirib kelayotgan 2024 yilda vakolatxona rahnamoligida BAAdagi özbekistonliklarga tegişli bölgan kompaniyalar imkoniyati bilan mamlakat turistik salohiyatini arab mintaqasida tarğib qiliş işlari muhokama etilib, işçi reja tuzib olindi.