Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxşilaş, soha va tarmoqlarni raqamlaştiriş yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Unda IT sohasi rivojlangani sari kiberxavfsizlikni ta’minlaşning dolzarbligi qayd etildi.
Ta’kidlanişiça, 2023 yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan. Şundan 70 foizi bank kartalari bilan boğliq firibgarlik va öğirlik jinoyatlari hisoblanadi.
Bugungi kunda Özbekistonda 50 ga yaqin tölov tizimi bölib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi qayd etildi.
Mutasaddi vazirlik va idoralarga barça elektron tölov tizimlari uçun yagona kiberxavfsizlik talablarini işlab çiqiş va ijrosini qat’iy nazorat qiliş topşirildi.
IT xizmatlari hajmini 20 trillion sömga, eksportni 800 million dollarga yetkaziş, tarmoqlarda 130 ta axborot tizimini joriy qiliş va 750 ta davlat xizmatini töliq raqamlaştiriş borasidagi rejalarni işlab çiqiş muhimligi qayd etildi.












