Rossiya liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakçisi Leonid Slutskiy prezidentlik saylovida iştirok etiş uçun nomzod sifatida ilgari surildi. Bunday qaror partiya s’yezdida qabul qilindi. 

Yaşirin ovoz beriş jarayonida Slutskiyni delegatlarning aksariyati – 106 kişi qöllab-quvvatladi. Nomzodning özi yaqin bir neça kun içida Markaziy saylov komissiyasiga kerakli hujjatlarni taqdim etişini aytdi. Amaldagi prezident Vladimir Putin öz hujjatlarini sayov komissiyasiga bir kun avval topşirgan edi. 

Leonid Eduardoviç Slutskiy 1968 yilda Moskvada tuğilgan, iqtisodiyot fanlari doktori. 2022 yil may oyida Vladimir Jirinovskiy vafotidan keyin Rossiya liberal-demokratik partiyasining raisi etib saylangan. 

Rossiyada prezidentlik saylovi ilk bor uç kun 2024 yil 15-17 mart kunlari bölib ötadi.