— Finlandiyaning NATOga kirişiga asos bormidi?
Sayfiddin Jörayev: — Finlandiyaning NATOga qöşilişi kutilmagan hodisa emas. Neytral davlat bölsa ham, Finlandiya katta rol öynovçi davlat bölmagan, faqat oldindan Rossiyaning ta’sir qiliş doirasida joylaşgan. Oxirgi voqelar, ya’ni Rossiyaning Ukrainaga uruşi, dunyoda Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat kuçayişi kabi omillar ortidan Finlandiya siyosiy elitasi NATOga kirişga qaror qilişiga olib keldi.
Farhod Tolipov: — Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga kirişini 2 xil yondaşuvda körib çiqiş mumkin. Birinçisi “fitna nazariyasi”, ya’ni Rossiyani harbiy qurşab oliş, harbiy zaiflaştiriş, Putinning özi ham şuni ta’kidladi. Ikkinçi yondaşuv esa formativ yondaşuv, bunda faqat Finlandiyaning içki omillari yotadi, finlar ham özini yevropalik deb bilişi, sörovnomalar natijasi, qolaversa, YeI a’zosi bu davlat. Faqatgina NATOga qöşilişi qolgandi, muqarrar edi bu voqelik.
Neytrallik pozitsiyasi 21-asrda öz ahamiyatini yöqotmoqda. Finlandiya uçun ham bu pozitsiya muhim hisoblanmagan bölişi mumkin. Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirişi aynan Rossiyaning Ukrainaga harbiy harakatlari fonida böldi. Finlandiyaga umuman taxdid bölmagandir, lekin umumiy Yevropaga tahdid bölgani uçun ham şu qarorga kelişgan bölişi mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: — Finlandiya sobiq ittifoq mavjud bölgan, sovuq uruş bölgan paytlar ham NATOga kirmagandi. Hozir kirayotganiga sabab şuki, sobiq ittifoqda Stalindan söng kollegial boşqaruv bor edi, bitta odamga boğliq emasdi, SSSRning rejalarini oldindan biliş mumkin edi. Ammo hozirgi vaziyatda Putin Ukraina va Yevropani aldadi, bostirib kirmayman, dedi, lekin bostirib kirdi. Bugungi Rossiya siyosiy elitasida taşqi dunyoni aldaş maxsus operatsiya sifatida köriladi.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgunça 30-40 foiz finlandiyaliklar NATOga kirişni yoqlagan bölsa, uruş boşlangaç 70 foizdan oşdi. Rossiya siyosatçilari aytayotgan gap haqiqat bölavermaydi, ular istagança aldaşi mumkin. Keça Putin heç qaçon NATO bilan uruşmaymiz, dedi, lekin bundan Germaniya çöçib ketdi, çunki Putin nimaiki deyotgan bölsa, u maxsus operatsiya bölişi mumkin, degan xulosaga kelingan.
Sayfiddin Jörayev: — Siyosatda va’dalar, qandaydir çaqiriqlarga işonib bölmaydi. Har 30-40 yilda dunyoda geosiyosiy tartib özgaradi. Hozir aynan özgariş jarayonlari ketyapti.
Ijtimoiy sörovnomalar, jamoatçilik fikriga unçalik ham işonmayman men, çunki ijtimoiy kayfiyat juda tez özgaradi. Hamma narsa milliy manfaatlardan kelib çiqadi. Finlandiya va Rossiya örtasidagi aloqalar ikki davlat uçun, iqtisodiyot uçun doim foydali bölgan. Lekin endi Finlandiya uçun YeI va NATO foydaliroq bölişi mumkin, Ukrainadagi holat şunçaki bahona bölişi ham mumkin.
— Putin qariyb 8 oydan söng munosabat bildiryapti. Rossiya Ukrainada pozitsiyalarini mustahkamlagani, asosiy e’tibor u yerdan olingani uçun şunday qilyaptimi?
Sayfiddin Jörayev: — Putinning keçagi bayonoti Rossiya uçun ham, Yevropa uçun ham muhim. Bunday qarorga bir kunda kelinmaydi, örganişlar natijasida böladi. Birinçidan, Rossiya vaziyatni örganib, xavfga nisbatan tayyorgarlik körib böldi; ikkinçidan, Rossiyaning obrösi yana kötarildi, uni tanqid qilişlar kamaydi, bu ham Putinga dalda beryapti; uçinçidan esa AQŞning içidagi jarayonlar, Yaqin Şarqdagi vaziyat Rossiyaning kuçayişiga olib keldi, buni inkor qilib bölmaydi. Bundan taşqari, Rossiya ötgan vaqt içida iqtisodiyotni harbiy kompleksni kuçaytirişga yönaltirdi.
Rossiya Ukrainani butunlay yöq qilmoqçi emas, öz maqsadlariga mos kelmaydigan jihatlarni yöq qilmoqçi. Endi sulh tuzadigan bölsa, Rossiya foydasiga bölişini biladi. Umuman, Rossiya uçun qulay vaziyat paydo bölyapti va u şundan foydalanib bayonot berdi.
— Germaniya yaqin 5-8 yil içida Rossiyaning NATOga hujum qilişidan xavotirda degan xabarlar paydo böldi. Geosiyosiy jarayonlar töqnaşuv nuqtasiga şunçalik yaqinmi?
Kamoliddin Rabbimov: — Finlandiya va Şvetsiyaning NATOga kirişi Boltiq dengizini töliq NATOning içki dengiziga aylantirdi. Boltiqböyidan bemalol foydalaniş uçun Rossiya 300 yildan beri kuraşadi, tarixda birinçi marta bu dengiz Rossiya uçun butkul yopildi. Albatta, Putin buni qabul qilolmaydi.
Ukrainaga Ğarbdan yordam keçikyapti, AQŞda keyingi yil saylov — şu kabi muammolar bor. Eng asosiy muammo şuki, Rossiya possovet hududida davlatlarning milliy tanlovi bölmasligi kerak, degan signal bölyapti. Ötgan yili dekabrda Putin AQŞ, Ğarb davlatlari, NATO va possovet davlatlariga ultimatum qöydi, ya’ni possovet davlatlari Ğarb bilan özlari istagan şaklda hamkorlik qilişi mumkin emas, degan şart qöydi. Putin tafakkuriga köra, biz geosiyosiy mustaqillik haqida orzu qilişimiz mumkin emas. Milliy manfaat hamma davlatda bor. Rossiya munosabatlarda işonç qozoniş, resurs taklif etişni emas, kuç işlatişni tanlaydi. Bu esa 21-asr diplomatiyasiga töğri keladigan iş emas.
Germaniya nega qörqyapti? Çunki Putin şu kunga qadar aytgan gaplarini amalga oşirişga harakat qildi. Rossiya Ukraina uruşi sabab ma’lum bir qiyinçiliklarga kirdi, Putin va uning davlatçiligi bu vaziyatga moslaşdi, endi keyingi qadamlarni taşlamoqçi. Germaniya Litvaga ikkinçi jaxon uruşidan keyin birinçi marta harbiy bazasini joylaştiryapti. Çunki Putindan qörqiş fenomenal darajada yuqori.
Sayfiddin Jörayev: — Boltiqböyi davlatlari ham töliq NATO doirasidagi hudud bölişi mumkin, lekin haliça unday emas, u yerda dengizdagi neytral hududlar ham bor. NATOda ham, Rossiyada ham yadro qurollari bor, agar uruş boşlansa, ikki tomon ham yöq bölib ketişi mumkin, şuning uçun uruş bölmaydi deb öylayman. Yadro quroli orqali taxdid qiliş kabilar bölib turadi, davlatlar xarakteriga mos narsa bu.
— Ğarb davlatlaridagi Rossiya aktivlari muzlatilgan. Öşa aktivlarni Ukraina foydasiga ötkaziş mumkin, degan gaplar ham bor. Agar şunday bölsa, Rossiya javobi qanday böladi?
Sayfiddin Jörayev: — Bu pullarni şunçaki ötkazib bölmaydi. Agar ötkazgan taqdirda aktiv saqlanayotgan öşa davlatning bank tizimiga işonçsizlik paydo böladi. Bundan taşqari, Rossiya hududida ham xuddi şunday boşqa davlatlarning aktivlari, obektlari bor, Rossiya ham ularni ötkazib olişi mumkin. Şuning uçun bu gaplarni şunçaki bosim, qörqitiş deyiş mumkin. Aktivlarni olib qöyiş uçun köpgina xalqaro huquqlarni buzişga töğri keladi.
— Putin Ğarbning NATO faoliyatini Osiyo tomonga kengaytiriş urinişlarini köryapmiz, dedi. Rostdan ham NATO Osiyo tomon kengayiş elamentlari bormi?
Farhod Tolipov: — Menimça, bunday elementlar köringani yöq. NATOning 2022 yilda qabul qilingan strategik konsepsiyasida bu savollarga javob bor. NATO faoliyatidagi asosiy yönalişlarini belgilaydi bu konsepsiya, dunyodagi özgarişlar davrida yangilanib kelgan bu hujjat. 2022 yilda qayta qabul qilingan konsepsiyada Rossiya tahdid soluvçi davlat sifatida belgilangan. Ukrainadagi uruş esa tajovuzkorlik va ğayriinsoniy harakatlar bilan amalga oşirilayotgani ham aytilgan.
Bu konsepsiyada Osiyo davlatlari haqida ham gap boradi. Unda köproq NATOga şerik, ittifoqçi bölgan davlatlar haqida gap boradi. A’zo yoki kelajakdagi a’zo sifatida emas. Masalan, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlar.
Osiyo davlatlarining NATOga qöşilişi taşkilotni tarkiban va funksional jihatdan murakkablaştirgan bölardi. Özi hozir ham oson bölayotgani yöq taşkilotga. Osiyoda bunday işga qöl uriş juda ham muşkul iş.
Yangilangan konsepsiyada “360 gradusdagi nazorat” tuşunçasi ham kiritilgan. Bu bilan NATO global ravişda vaziyatni nazorat qilişga urinadi, demoqda. NATOning tinçlikparvar harakatlari miqyosi dunyo miqyosida ham bölişi mumkin.
Sayfiddin Jörayev: — AQŞ, Angliya, Avstraliya birgalikda yangi taşkilot tuzişga harakatlar bor. Bu orqali Osiyo, Okeaniya hududida harbiy, siyosiy xavfsizlik masalalarida ustunlikka erişişmoqçi, Hindistonni ham şu harakatga tortişyapti. Ammo oxirgi Yaqin Şarqdagi vaziyat sababli bu harakatlar töxtab qoldi. Bunda asosiy fokus Xitoyga qaratilgan, deyişadi. Menimça, bu harakat kuçayib boraveradi. Agar Ğarb loyihalari amalga oşsa, NATO bölmasa ham, NATOning a’zolari taşkil qilgan yangi institutsional holatga kelişi mumkin.
Kamoliddin Rabbimov: — Putinning bayonotlarida siyosiy vazifa, maqsadlar bölişi mumkin. Jumladan, Xitoyni öziga asosiy ittifoqçi sifatida kuçaytiriş vazifasi. Çunki bugungi kunda global janub geosiyosiy konsepsiyasi borgan sari kuçayib bormoqda. Bu global janub yetakçilari sifatida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron kabi davlatlar köriladi. Xitoy yoki global janubdagi ba’zi davlatlarni qörqitiş uçun şunday aytilayotgan bölişi mumkin. Lekin NATOni global platformaga aylantiriş ğoyasi ba’zi bir siyosatçilarda har doim bölgan. Yaponiya, Janubiy Koreya, Yangi Zelendiya, Avstraliya kabi davlatlar kirişi kerak, faqatgina şimoliy yarimşardagi hamkorlik yetarli emas, degan fikrlar bor.
AQŞdagi izolyatsionistlar NATOga şubha bilan qaraydi. Agar şunday qaraşdagi insonlar hokimiyat tepasiga kelsa, NATOdan voz keçiş ilgari surilişi mumkin, Tramp ham hokimiyatga qaytsam, NATOdan çiqib ketarmiz, degan gapni aytdi. Umuman, NATOni global platformaga aylantiriş haqida fikrlar bor, ammo Putinning gaplari öz isbotini topgani yöq.
Farhod Tolipov: — 5-8 yil içida NATO bilan Rossiya uruşi bölişi haqidagi xabarlar strategik kommunikatsiya tahlili orqali bölyapti. Ukraina qanday bölsa ham, yordam berişi kerak. Ayniqsa, Germaniya bunga köproq tirişyapti. Germaniyaning uruş haqidagi messeji NATO va AQŞga nisbatan ham bölişi mumkin, ya’ni biz tayyor turişimiz kerak, ayniqsa Ukrainani saqlab qolişimiz kerak, degan ma’noda.
— Bayonotda Odessa tarixan ruslarning şahri, degan da’vo ham bor. Keyinçalik MDHdagi boşqa hududlarga ham şunday da’vo bölmaydimi?
Sayfiddin Jörayev: — Rossiya uçun Odessaning mavqeyi, strategik ahamiyati muhim. Şu nuqtai nazardan Ukrainani Qora dengizga çiqarmaslik maqsadi, kelajakda qandaydir operatsiyalar rejalaştirayotgan bölişi mumkin. Moldovaga yölak oçmoqçidir. Umuman, Rossiya uçun muhim joy bölgani sababli şunaqa bayonot beryapti.
Umuman olganda, Putin aytadimi, boşqasimi, eski holatga qaytib bölmaydi. Mana 30 yildan oşiq vaqt ötyapti, sobiq ittifoq davlatlarining dunyo darajasidagi sub’yektivligi yuqori, rivojlaniş ham yaxşi. Bu kabi bayonotlar katta davlatlar uçun tabiiy deb öylayman.
Farhod Tolipov: — Odessa tarixan ruslarning şahri deyiş — juda ham provokatsion bayonot. Hali Odessa-ku mayli, butun Ukraina Rossiyaniki, sun’iy davlat, degan da’volar ham böldi uruş boşlanişida. Bunaqa mantiqqa töğri kelmaydigan bayonotlar bir qança böldi. Putin hatto ruslar va ukrainlar bitta xalq, bu yerda fuqarolik uruşi bölyapti, degan gaplarni ham aytgandi. Rossiyaning özida ham tarixan unga tegişli bölmagan juda köp hududlar bor. Şuning uçun tarixga qaytiş qaltis narsa.
Kamoliddin Rabbimov: — 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn yiğilişida Töqayev Putinga bir qança e’tirozlarini bildirgan edi. Bu voqea aprel oyida bölgan bölsa, oradan 2 hafta ötib, may oyi boşlarida Putin öz intervyusida sovet ittifoqiga kiçik bölib kirib, katta hudud bilan çiqqan davlatlar bor deb Qozoğistonga işora qildi. Putin garçi qaysi davlat ekanini oçiqlamagan bölsa ham, Kremlga yaqin ekspertlar, deputatlar Qozoğiston nazarda tutilayotganini aytdi, Putin esa bunga e’tiroz bildirmadi. Rossiya siyosiy elitasida Qozoğistonga nisbatan ma’lum bir hududiy da’volar bor. Buni Rossiya millatçilari, ommaviy axborot vositalari, propagandaçilari heç qaçon yaşirmagan. Rossiya özining manfaatiga töğri kelganda şantajni juda oddiy hol sifatida köradi. Rossiyani xalqaro maydonda mas’uliyatli, boşqalar hududiga da’vo qilmaydigan davlat deyolmaymiz.
Hozirgi vaziyatda Ukrainaga Ğarbdan yordam öz vaqtida yetib kelmayotgani Putinga kuç bağişlayapti, şuning uçun ham u faollaşib qoldi.
— AQŞdagi saylovlar frontdagi vaziyatga qançalik ta’sir qiladi?
Sayfiddin Jörayev: — Agar Tramp saylansa ham, Rossiya bilan aloqalar yaxşilanmaydi. Tramp prezidentlik davrida Rossiyaga nisbatan qattiq turgan. Bayden qolsa, tabiiyki hozirgi siyosat davom etadi.
Ukrainaga ajratilgan yordam paketi beriladi baribir. Lekin faol uruş harakatlari bölmaydi, passivroq harakatlar böladi, kim prezident bölişidan qat’i nazar. Respublikaçilar va Demokratlar örtasida bunday geosiyosiy strategik holatlar böyiça kelişuv böladi, çunki bu yerda umumiy AQŞ manfaati bor. Faqat yondaşuv, mexanizm jihatdan ikki partiya uslubi farq qiladi.
Hozir AQŞdagi saylovda Rossiya-Ukraina uruşi omili ham muhim rol öynayapti. Partiyalar şu mavzudan foydalanyapti. Lekin AQŞ xalqi taşqi siyosat masalasida köproq rahbarlarga işonadi, içki siyosatda bölişsa ham. Şu nuqtai nazardan olib qarasak, qaysi partiya kelsa ham, vaziyat unçalik özgarmaydi, Rossiyaga nisbatan munosabat keskinlaşib boraveradi.
Kamoliddin Rabbimov: — Tramp Kolorado ştatidagi saylovda iştirok etolmasligi töğrisidagi sud hukmi uning imkoniyatlarini tuşirib yubordi. Agar AQŞ Oliy sud Kolorado ştati sudi hukmini özgarişsiz qoldirsa, Tramp umuman prezidentlikka nomzod bölolmaydi. Tramp va uning tarafdorlari murakkab ahvolda. Umuman, ikki partiya örtasida kuraş keskinlaşib, Amerika jamiyati ikkiga bölingan. Hozirgiday qutblaşuv AQŞ tarixida deyarli kuzatilmagan bölsa kerak, menimça. Respublikaçilar ham, Demokratlar ham Rossiya ğalaba qilişini istamaydi. Lekin ularning Ukraina ğalabasi va Putinning mağlubiyatini talqin qilişi farq qiladi. Yangi yildan keyin Ukrainaga yordam beriladi, degan fikrga qöşilaman. Saylovda esa Demokratlar yutib, hokimiyatda qoliş ehtimoli yuqori deb öylayman.
Sayfiddin Jörayev: — Menimça, Oliy sud Kolorado ştati sudi qarorini bekor qiladi. Çunki 2020 yil yanvarda Tramp tarafdorlari Kongressga bostirib kirgan, degan ayblov bilan hukm çiqarilyapti, bu örinda töğridan töğri Tramp deyilmayapti, şuning uçun ham qaytariladi deb öylayman. Qaytaga Bayden hukumatini sudga beryapti Tramp. Umuman, jamoatçilik fikri hal qiladi bu yoğiga.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.










