«Novyye lyudi» partiyasining 24 dekabr, yakşanba kuni bölib ötgan qurultoyida RF Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida körsatildi. Ovoz berişda 69 delegat iştirok etdi va 39 yoşli siyosatçining nomzodi bir ovozdan qöllab-quvvatlandi.
Xuddi şu qurultoyda «Novyye lyudi» va Ösiş partiyasi birlaşişga qaror qildi. Tegişli hujjatni ikkala siyosiy kuç yetakçilari – «Novyye lyudi» partiyasidan Aleksey Neçayev va Ösiş partiyasidan Boris Titov imzoladi. «Zamonamizning barça soğlom kuçlari birlaşişi kerak», deb tuşuntirdi Neçayev. Şu bilan birga, prezidentlik saylovlarida har ikki partiya yagona nomzod körsatayotgani ma’lum qilindi.
Rossiya prezidenti saylovlarida boşqa nomzodlar
Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yil 15-17 mart kunlari bölib ötadi. Hozirgi davlat rahbari Vladimir Putin ham nomzod sifatida qatnaşmoqda. Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan uning rahbari Leonid Slutskiy, RFKPdan - Nikolay Xaritonov, «Fuqarolik taşabbusi»dan - Moskva viloyatidan deputat Boris Nadejdin oliy lavozimga nomzod sifatida körsatilgan.
«Rossiya umumxalq ittifoqi» konservativ partiyasi bölajak saylovlarga öz raisi Sergey Baburin nomzodini körsatişga qaror qildi. Bundan taşqari, Donetskdagi rossiyaparast ayirmaçilarning sobiq harbiy rahbari, tergov izolyatorida saqlanayotgan Igor Strelkov (Girkin) saylovlarda iştirok etiş istagini bildirgan.
Noyabr oyi örtalarida rjyevlik jurnalist Yekaterina Dunsova Rossiya prezidentligiga nomzodini qöyiş niyati borligini ma’lum qildi. Krasnoyarsklik ayol uruşni töxtatiş, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarni ozod etiş tarafdori. Biroq Markaziy saylov komissiyasi unga imzo töplaşga ruxsat bermadi va buni hujjatlarida aniqlangan xatolar bilan izohladi.












