Muammo Fors körfazidagi uçta orol – Katta Tunb, Kiçik Tunb va Abu Muso orollari bilan boğliq. Eron nazoratidagi bu orollarni BAA ham öziniki deb hisoblaydi. Rossiya esa ularning maqomi böyiça muzokara ötkaziş kerak deb hisoblamoqda. Moskvada bölib ötgan Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi yiğilişining yaqinda e’lon qilingan yakuniy deklaratsiyasida ham bu masala tilga olingan.
Kun.uz kelişmovçilikning kelib çiqişi va hozirgi geosiyosiy vaziyatga ta’sirini şarhlab beriş uçun Yaqin Şarq masalalari böyiça ekspert Farhod Karimovni studiyaga taklif etdi.
— Dastlab, muammo nimadan va qayerda boşlanganiga töxtalsak.
— Fors körfazidagi 3 ta orol – Katta Tunb, Kiçik Tunb va Abu Muso orollari ançadan beri körfaz davlatlari, xususan, Eron va BAA örtasida tortişuvlarga sabab böladi. Buyuk Britaniya bu hududdan çiqib ketib, Yaqin Şarqda mustaqil davlatlar paydo bölgaç, orollar masalasi yuzaga çiqqan. Orollar uçun Eron, Ummon, BAA da’vogarlik qildi dastlab, keyinçalik Ummon bu konfliktdan çiqib ketdi.
BAA bu orollarni özining Şarja amirligi tarkibi deb biladi. Xuddi şunday Eron ham uni öz hududi deb biladi. Katta orollar emas, 12 ming, 10 ming va ming km kvga teng orollar.
— Bu orollarning geosiyosiy örni qanday?
— Iyul oyida Fors körfazi arab davlatlari va Rossiya örtasidagi forumda bayonot e’lon qilingan edi. Undagi bandlardan biri Fors körfazi arab davlatlarining çegaralari, yerlariga qaratilgan bölib, unda bu orollar BAA tarkibidagi Şarja amirligi yeri deb körsatilgan edi. Bu bayonot bugungi kunda deklaratsiya darajasiga çiqdi. Iyul oyida ham Eron tomoni e’tiroz bildirgan edi. Deklaratsiya e’lon qilingaç esa reaksiya jiddiyroq böldi.
Yaqin Şarqdagi hozirgi vaziyatda, bu mintaqa hammaning e’tibor markazida bölib turgan holatda kiçikroq muammolar ham tez közga taşlanyapti.
Muhokama bölayotgan orollar bir paytlar Hörmuz qirolligi tarkibida edi, u yerdan asosan baliqçilar va dengizçilar ma’lum bir ehtiyoj uçun foydalanişgan. Yevropaliklar kirib kelgaç, bu orollar Portugaliya nazoratiga ötdi, undan keyin esa Buyuk Britaniya egalik qila boşladi. Britaniya bu orollarni Birlaşgan Ummon qirolligi tarkibiga qöşib yuborgan edi. Ummon qirolligidan söng al-qosimiylar sulolasi hokimiyatga kelib, ular öz hududiga aylantirdi. Al-Qosimiylar Eron tarixiy davlatçiligi vakili bölgani uçun ular endi şu fakt orqali bu hududga da’vo qilyapti. Al-Qosimiylardan söng Şarja amirligi tarkibiga kirgan, şuning uçun BAA ham şunday da’voga ega. Şarja amirligi tarkibida bölgan paytida Britaniya yana bu masalaga aralaşib, konflikt töxtatilib, orollar Buyuk Britaniya nazoratida ekani e’lon qilinadi. 1971 yilga kelib, Buyuk Britaniya mintaqadan çiqib ketgaç, Eron orollarni öz hududi deb e’lon qiladi.
Orada Eron va BAA örtasida şartnoma tuzilib, ikki davlatga ham tegişli emas, umumiy foydalanamiz degan kelişuv böladi, ammo bu qisqa vaqt davom etadi. Kiçik töqnaşuvdan söng bu mojaro yana avj oladi. Şundan keyin Eron Abu Musoda harbiy aerodrom quradi, Katta Tunbda öz harbiylarini joylaştiradi. Şundan buyon ikki davlat şu masalada murosaga kelolmaydi. Eron va BAA munosabatlari aslida yomon emas, ammo bu masalada kelişa olişmaydi.
Bu orollar Hörmuz böğozidan kirişda öziga xos darvoza rolini öynaydi. Janubiy Osiyoga Fors körfazi arab davlatlarining neft tankerlari ayni şu yerdan ötadi. Şu ma’noda bu yerga kim egalik qilsa, koridorni nazorat qilişda katta ta’sir doirasiga ega böladi. Şuning uçun Eron doim bunga intiladi, bu masalada hatto strategik hamkorlari bilan ham keskinlaşişi mumkin, pozitsiyasi aniq uning.
— Bu diplomatik kelişmovçilik Eron-Rossiya munosabatlariga qanday ta’sir qiladi?
— Agar Ukraina va Ğazodagi holat bölmaganda bu narsa bu darajada şov-şuv bölmas edi. Bugungi geosiyosiy vaziyatda kiçik bir holat ham katta masala sifatida çiqyapti, ayniqsa Rossiya va Eron kabi davlatlarda bölsa.
Orollar masalasida Eron birinçi marta bunday çiqiş qilayotgani yöq. 2010 yilda Osiyo öyinlarida Fors körfazi davlatlari deyiş örniga Arab körfazi davlatlari deb xato aytilganligi uçun ham Xitoy hukumatiga nota kiritgan edi. Eron har doim bu masalaga ehtiyot bölişni söraydi, çunki bu siyosiy-ideologik masala.
2022 yil dekabr oyida Saudiyaga Xitoy rahbari taşrif buyuradi va şunda ham Arab körfazi yoki Fors körfazi deb ataş masalasi tilga olinadi. Şunda ham Eron tomoni bunga munosabat bildiradi. Xuddi şunday hozirgi holatda ham nota beryapti. Ya’ni bu masala, bu kabi holatlar hozir paydo bölgani yöq, bu masala hali Eron va Rossiya munosabatlariga ta’sir qilgani yöq. Hominaiy bergan konsepsiya aniq – u endi faqat şarqqa qarab yuramiz degan, ya’ni Xitoy va Rossiya nazarda tutiladi. Taşqi siyosatda transformatsiya ketayotgan bir paytda Eron asosiy hamkorlari bölmiş Rossiya va Xitoy bilan keskinlikka bormaydi.
Töğri, Eron uçun bu orollar masalasi milliy, emotsional masala, şuning uçun vaqti-vaqti bilan eslatib turadi. Hozirgi holatda xam şunday eslatiş böldi. Diplomatik aloqalari özgarmaydi, birgalikdagi katta-katta loyihalari bor.
Eronning şarqqa yuzlanayotganini tanqid qiluvçi muxoliflar ham bor. Bu vaziyat ular uçun ozuqa böldi va bundan foydalanib bu masalani ovoza qilişdi. Umuman olganda, orollar masalasi Eron uçun muhim, ammo keskin özgarişlarga sabab bölmaydi.
NormuhammaAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.










