Qozoğiston parlamenti spikeri Erlan Koşanov sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning yaqinda Rossiya poytaxtiga taşrif buyurib, prezident Vladimir Putin bilan uçraşganiga izoh berdi.
Uning sözlariga köra, Qozoğistonda qöşhokimiyat yöq.
«Odamlarning xavotirlanişiga asos yöq. Birinçidan, bugungi kunda qöşhokimiyat mavjud emas va bölişi ham mumkin emas. Bugungi kunda barça qarorlarni xalqning mutlaq köpçilik ovozi bilan saylagan davlat rahbari Töqayev qabul qiladi. Bundan taşqari, sobiq prezident davlat işlariga aralaşmaydi. Ikkinçidan, uning ötkazgan uçraşuvlari yoki tadbirlari, qilgan sayohatlari, amalga oşirayotgan bu tadbirlar va uçraşuvlarning barçasi uning fuqaro sifatidagi şaxsiy huquqidir», dedi Koşanov.
Qozoğistonning birinçi rahbari rossiyalik hamkasbi bilan uçraşiş uçun Moskvaga uçib ketgani haqida 18 dekabr kuni xabar berildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov taşrifni tasdiqlab, Putin va Nazarboyev «mutlaqo şaxsiy uçraşuv» ötkazganini ma’lum qildi. Unda muhokama qilingan mavzular oçiqlanmadi.












