Ukrainada keng kölamli uruş boşlanganidan beri Rossiyaga snayper miltiqlari uçun ğarbda işlab çiqarilgan 16 milliard rubllik nişonga oliş moslamalari olib kelingan. Bu haqda 26 dekabr kuni Rossiya bojxona ma’lumotlariga tayanib, «Vajnyye istorii» naşri xabar berdi. 

Rasmiy ma’lumotlarga köra, nişonga oliş moslamalari Rossiya Federatsiyasiga «harbiy maqsadlarda emas, balki ov qurollariga örnatiş uçun» olib kelinadi. Naşr ta’kidlaganidek, YouTube’da e’lon qilingan köplab videolar şuni körsatadiki, bu nişonga oliş moslamalarining bir qismi – Amerikaning Leupold va Nightforce, Amerika-Xitoyning Holosun va Avstriyaning Swarowski Optik - Rossiya harbiylari tomonidan Ukrainadagi frontda foydalanilyapti.

Nişonga oliş moslamalari parallel import orqali olib kirilyapti

Eng köp nişonga oliş moslamalari mamlakatga Rossiyaning internet-dökonlari - Peterburgdagi «Pointer» va Moskvadagi «Navigator» tomonidan import qilingan. Birinçisi qariyb 50 mingga yaqin Holosun moslamalarini 3 milliard rublga sotib olgan, ikkinçisi 400 million rublga nişonga oliş moslamalarini import qilgan, şu jumladan 2 mingdan ortiq Holosun olib kelingan. «Pointer» Xitoyda, «Navigator» esa Turkiya va Qozoğistonda vositaçilardan foydalanadi, deb yozadi «Vajnyye istorii».

Sönggi ikki yil içida «Pointer»dan Rossiyaning Orsis miltiqlarini işlab çiqaruvçi «Promtexnologiya», şuningdek, Bespoke Gun miltiqlarini işlab çiqaruvçi Moskva şirkati tomonidan ön millionlab rubllik nişonga oliş moslamalari sotib olindi. Ikkinçisi «Navigator»dan ham mahsulot xarid qilgan. Bundan taşqari, «Vagner» XHKning marhum egasi Yevgeniy Prigojin bilan boğliq bölgan Sankt-Peterburgdagi «Texnologiya» kompaniyasi uning mijozi edi. «Navigator»ning yana bir mijozi Lobaev Arms miltiqlarini işlab çiqaruvçi Integratsiyalaşgan tizimlar konstruktorlik byurosi bölgan.