«Dunyo» xabariga köra, tantanali tadbirda mazkur holding boşqaruv kengaşi a’zolari va kompaniya xodimlari iştirok etdi.
Özbekistonning Istanbuldagi boş konsuli Şerzod Abdunazarov davlat rahbarining Mexmet Jyengizni «Döstlik» ordeni bilan taqdirlaş töğrisidagi tegişli farmonini öqib eşittirdi.
Mexmet Jyengiz mukofotni qabul qilib olar ekan, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangani uçun minnatdorlik bildirdi.
- Hurmatli tadbir qatnaşçilari, xonimlar va janoblar. Hayotim davomida köplab medal va ordenlar bilan taqdirlanganman. Lekin Özbekiston prezidenti tomonidan taqdim etilgan mazkur «Döstlik» ordeni men uçun alohida ahamiyatga ega. Özbekiston bizning ona tuproğimiz. Yurtingizga sarmoya kiritdik, döstlik aloqalarini örnatdik. Bugun men bu ordenni faxr ila qabul qildim. Fursatdan foydalanib, yuksak e’tibor uçun Özbekiston yetakçisiga minnatdorlik bildiraman. Özbekistonda bizga yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida öz faoliyatimizni yölga qöydik. Şu orqali biz ikki davlat örtasidagi hamkorlik rivojiga oz bölsa-da hissa qöşyapmiz, - dedi u.












