2023 yilda 104 nafar rossiyalik şaxmatçi sport fuqaroligini özgartirdi, deb xabar berdi spors.ru portali 2 yanvar, seşanba kuni Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) statistik ma’lumotlariga tayanib.
Jahon şaxmatçilari reytingining birinçi yuzligidan Rossiya jamoasini Sanar Syugirov (40-örin), Aleksey Sarana (41-örin), Vladimir Fedoseyev (45-örin), Nikita Vityugov (50-örin), Aleksandr Predke (64-örin), Kirill Alekseyenko (89-örin) va Aleksandra Kostenyuk (ayollar reytingida 11-örin) tark etdi.
Öz navbatida, 2023 yilda Rossiya jamoasiga beş nafar sportçi qöşildi: Ukraina jamoasidan Yuriy Ayrapetyan va Viktor Filonov, avstraliyalik David Bukata, ozarboyjonlik Kanan Heydarli va qozoğistonlik Nadejda Iskiçekova.
Şaxmatda sport fuqaroligini özgartiriş
Ukrainaga hujum va undan keyin sportçilarga nisbatan sanksiyalar boşlanganidan buyon ikki yil içida 192 nafar şaxmatçi Rossiya sport fuqaroligini özgartirdi - 2022 yilda 88 kişi buni amalga oşirdi. Rossiya jamoasi a’zolari FIDE şafeligidagi xalqaro turnirlarda neytral maqomda qatnaşadi.
Spors.ru qayd etişiça, xalqaro şaxmatda sport fuqaroligini özgartirişning soddalaştirilgan tartibi mavjud. Şaxmatçi yangi mamlakat fuqaroligini olişi şart emas, şunçaki u yerda doimiy yaşaşi va federatsiyaga jamoani özgartiriş istagi haqida xabar berişi kerak.












