Özbekiston milliy jamoasi öz tarixidagi ilk Osiyo kubogida 1996 yil qatnaşgan. Birlaşgan Arab Amirliklari mezbonligida ötgan turnirda vakillarimiz debyutant sanalsa-da, ikki yil oldin Yaponiyadagi Osiyo Öyinlarida sensatsion ravişda ğoliblikni qölga kiritgani bois, BAAga favoritlardan biri sifatida borgan. Ammo jamoa sardori Mirjalol Qosimovning tarkibda yöqligi muxlislarning jiddiy xavotiriga sabab bölgandi.
«Ğaroyib» superkambek evaziga qölga kiritilgan yöllanma
Milliy jamoa öz tarixidagi dastlabki Osiyo kubogiga yöllanmani osonlik bilan qölga kiritmagan. Saralaş bosqiçida 8-guruhdan Özbekiston, Tojikiston va Bahrayn örin olgandi. Bahraynliklar saralaş oldidan musobaqada iştirok etmaslikka qaror qilgaç, yöllanma taqdiri qöşni mamlakat jamoalari örtasidagi ikki öyinga köra, aniqlanadigan böldi.
Dastlabki bahsda Özbekiston milliy jamoasi Tojikistonda mehmon böldi. Duşanbedagi uçraşuv oldidan milliy jamoamizning öşa davrdagi yetakçilari Igor Şkvirin, Mirjalol Qosimov va Azamat Abduraimov öyinga bora olmaydigan bölişdi. 90-yillarda porlagan «Pomir» klubining yetakçilari Hakim Fuzaylov, Raşid Rahimov, Arsen Avakov singari nomdor öyinçilaridan taşkil topgan Tojikiston milliy jamoasi esa jangovar tarkibda maydonga tuşgandi. Qozoğistonlik boş hakam boşqargan bahsda Özbekiston yirik 0:4 hisobida mağlubiyatga uçraydi.
Toşkentdagi javob öyini oldidan vakillarimizning Osiyo kubogiga yöllanma olişi uçun 5:0 hisobida kambek qilişi möjizaga teng edi. MHSK stadionida ötgan javob bahsi oldidan Mirjalol Qosimov va Igor Şkvirin tarkibga qöşilgandi. Turkmanistonlik hakamlar boşqargan bahsda sensatsiya röy berdi. Qosimov dublga erişgan, Şkvirin ham öz hisobiga gol kiritgan bahsning asosiy vaqti 4:0 hisobida yakuniga yetdi. Qöşimça bölim boşlanişidan oldin boş hakam tojikistonliklar yetakçisi Raşid Rahimovni maydondan çetlatgaç, 95-daqiqada Zafar Musaboyev «oltin gol» muallifiga aylanib, milliy jamoamizga öz tarixidagi ilk Osiyo kubogiga yöllanmani taqdim etdi – 5:0.

Öyindan keyin Tojikiston boş murabbiyi Şarif Nazarov hakamlar brigadasini tanqid qilgança, alamzada holda «Özbekiston bu öyini bilan Osiyo kubogida uzoqqa borolmaydi», degandi. Afsuski, uning gaplari rost bölib çiqdi...
Qosimov va Fyodorovsiz qolgan jamoa
Özbekiston milliy jamoasi 1996 yilgi qit’a birinçiligiga favoritlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Sababi vakillarimiz ikki yil oldin Hirosimadagi Osiyo Öyinlarida boş sovringa ega çiqib, kiçik sensatsiya qayd etgandi. Biroq turnir oldidan tarkibda kuzatilgan yöqotişlar baribir öz sözini aytdi.
Jamoamiz asosiy yulduzi Mirjalol Qosimov jarohati sabab Osiyo kubogini ötkazib yuboradigan böldi. Yetakçi himoyaçi Andrey Fyodorov esa «Neftçi» safida Osiyo çempionlar kubogi doirasidagi «Yelimay» - «Neftçi» bahsida tojikistonlik referi Vladimir Domlajonovni urgani uçun OFK tomonidan 2 yilga diskvalifikatsiya qilingani sababli Osiyo kubogida qatnaşmaydigan böldi.
Xitoy ustidan ğalaba, Yaponiya va Suriyaga mağlubiyat
BAAdagi Osiyo kubogi-1996da 12 jamoa uç guruhga bölinib bahslarni boşlaydi. Özbekiston Yaponiya, Xitoy va Suriya bilan «C» guruhidan örin olgandi. Bahodir Ibragimov murabbiyligidagi jamoamiz musobaqani yaxşi boşlaydi. Birinçi turda futbolçilarimiz Igor Şkvirin va Oleg Şatskixning goli evaziga Xitoyni 2:0 hisobida mağlub etişadi.

Ikkinçi turda esa Yaponiyadan qaqşatqiç zarbani qabul qiladi. Al-Ayndagi bahsda Pavel Bugalo darvozasiga javobsiz törtta gol yöllanadi – 0:4.
3-turdagi Suriyaga qarşi bahsda vakillarimizni durang natija ham guruhdan keyingi bosqiçga olib çiqardi. Qolaversa, suriyaliklar imkoniyatni deyarli yöqotgani va Bahodir Ibragimov Özbekiston milliy jamoasigaça Suriya milliy jamoasini boşqargani sababli bu öyinda vakillarimizning ğalabasini taxmin qiliş mumkin edi.
Ammo barçasi biz uçun xunuk yakunlanadi. Suriyaliklar 48-daqiqada hisobni oçgaç, köp ötmay Sergey Lebedov penaltidan hisobni tenglaştiradi. Biroq «Neftçi» yulduzi qizil kartoçka bilan maydondan çetlatiladi va suriyaliklar ğalaba golini kiritib, özi bilan birga Özbekistonni ham uyiga ravona qiladi – 1:2.
Şu tariqa, milliy jamoamiz uçun ilk Osiyo kubogi hisoblangan BAAdagi musobaqani vakillarimiz guruh bosqiçidayoq yakunlaşadi. Turnir esa Saudiya Arabistonining çempionligi bilan yakunlanadi. Ular finalda mezbon BAAni mağlub (0:0, pen: 2:4) etişadi.

Osiyo Kubogi-1996.
«C» guruhi. 1-tur
1996 yil, 6 dekabr.
Xitoy – Özbekiston – 0:2
Gollar: Igor Şkvirin 78, Oleg Şatskix 90.
2-tur. 1996 yil, 9 dekabr.
Yaponiya – Özbekiston – 4:0
Gollar: Hiroşi Nanami (7), Kazuoşi Miura (37), Masakio Mayzano (86, 90).
3-tur. 1996 yil, 12 dekabr.
Özbekiston – Suriya – 1:2
Gollar: Sergey Lebedev 53 penaltidan – Nodir Johodar (48), Ali Diib (74).
Usmon Ibodov












