Hindistonning GD Goenka universiteti xalqaro aloqalar va marketing böyiça direktori Ajit Kumar Nedungadi özbekistonlik yoşlarga tabrik yölladi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

– Biz Özbekiston bilan ta’lim sohasida qator hamkorlik loyihalarini işlab çiqmoqdamiz va kirib kelgan 2024 yilda ularni hayotga tatbiq etiş böyiça faol iş olib boriladi, - dedi Ajit Kumar Nedungadi. – Mazkur loyihalar Özbekiston maktablarini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlaş va oliy ta’lim sohasidagi özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça hamkorlikni qamrab oladi.

Bugungi kunda universitetda 20 dan ortiq özbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Ular öquv jarayoniga katta qiziqiş bildirmoqda, yuksak bilim va madaniyat namunalarini namoyiş etmoqda. 

«Universitetimiz kampusida ta’lim olişga intiluvçan ana şunday salohiyatli yoşlar köp bölişini istardik», deydi Ajit Kumar Nedungadi.