AQŞ Oliy sudi sudyalari 5 yanvar, juma kuni Donald Trampning Kolorado sudining uni ştatdagi birlamçi saylovlarda iştirok etişini taqiqlaş haqidagi qarori ustidan şikoyatini körib çiqişga rozi böldi. Iş 8 fevral kuni köriladi va Oliy sud qarori butun mamlakat böylab majburiy böladi. 

Ayrim ştatlarda Donald Trampning praymerizda iştirok etişini taqiqlaş böyiça sud jarayonlari boşlandi. Uning raqiblari fikriça, u uç yil oldin Kapitoliyda tartibsizliklar keltirib çiqarişga çaqirgan va şu orqali isyonda qatnaşgan. 

AQŞ Konstitutsiyasiga 14-tuzatiş «isyon yoki qözğolonda iştirok etgan» har qanday şaxsga federal lavozimni egallaşni taqiqlaydi. Sobiq prezident advokatlari Trampning isyon qatnaşçisi sifatida tavsiflanişi haqiqatdan uzoq ekanini ta’kidlamoqda. Kolorado Oliy sudi qarori AQŞ tarixida birinçi marta prezidentlikka nomzodni diskvalifikatsiya qiliş uçun 14-tuzatişdan foydalanilganini anglatadi. 

Tramp Men ştatida praymerizga nomzodlar röyxatidan öçirildi 

Koloradodan taşqari Trampni Respublikaçilar partiyasining praymeriz nomzodlari röyxatidan çiqarib taşlaş qarorini Men ştati davlat kotibi qabul qildi. Sobiq prezident advokatlari bu holatda ham mahalliy sudga murojaat etdi. Qaror ijrosi AQŞ Oliy sudi tomonidan tasdiqlanmagunça töxtatildi. 5 mart kuni Men va Kolorado ştatlarida birlamçi saylovlar bölib ötadi. 

Ikkala holatda ham Respublikaçilar partiyasidan saylovda yetakçi nomzod bölgan Tramp isyonni qözğatiş böyiça jinoiy ayblov ilgari surilgani yöq.

AQŞda saylovlar 2024 yilning noyabrida bölib ötadi 

AQŞda navbatdagi, 60-prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. 2022 yil 15 noyabr kuni AQŞ 45-prezidenti Donald Tramp öz saylovoldi kampaniyasi boşlanganini e’lon qildi. 2023 yil 25 aprelda amaldagi prezident Jo Bayden ham öz nomzodini ilgari surişini bildirdi.