8 yanvar, duşanba kuni AQŞ prezidenti ma’muriyatining yuqori mansabdor şaxslari Amerika mudofaa sanoati vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv mavzusi Ukrainaning Amerika ilğor harbiy texnologiyalaridan foydalanişi istiqbollari böldi, deb yozadi Reuters Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayanib.
«Suhbat bir qator tizimlar, jumladan, dronlar, şuningdek, duşman dronlariga qarşi kuraş mavzulariga bağişlandi. Bundan taşqari, minalardan tozalaş masalasiga töxtaldi», dedi jurnalistlarga yiğiliş iştirokçilaridan biri.
Tadbirda Milliy xavfsizlik kengaşi a’zolaridan taşqari, mudofaa kompyuter tizimlariga ixtisoslaşgan Palantir Technologies va Anduril Industries kompaniyalari, şuningdek, dronlar va ularga qarşi kuraş vositalarini işlab çiqaruvçi Skydio kompaniyalari vakillari iştirok etdi.
Agentlik ta’kidlaganidek, Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan yiğilişni «Ukraina jang maydonida olğa siljişi va dinamikasiga tösqinlik qilayotgan asosiy texnologik qiyinçiliklarni yengib ötişida yordam olişiga yangi urğu beriş» uçun taşkil qilgan.
https://www.dw.com/ru/v-belom-dome-obsudili-postavki-sovremennogo-oruzia-kievu/a-67924700












