Ba’zi «döst bölmagan» davlatlar hududidagi Rossiya konsulliklarida Rossiya prezidenti saylovi uçun saylov uçastkalari taşkil etilmaydi. Bu haqda 9 yanvar, seşanba kuni diplomatik doiralardagi manbaga tayanib, «Vedomosti» xabar berdi. Manba sözlariga köra, gap Rossiya hukumatining tegişli röyxatiga kiritilgan mamlakatlarning (49 ta) salmoqli qismi haqida ketmoqda. Biroq, gazeta suhbatdoşining ta’kidlaşiça, bu masala böyiça yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, maslahatlaşuvlar davom etmoqda.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Pavel Andreyev naşrga mamlakatlarning ovoz beriş uçun qamrovi hali aniqlanmaganini, xorijda saylov uçastkalarini şakllantiriş muddati 24 yanvar ekanligini, ammo komissiya saylov sanasidan beş kun oldin tegişli qarorlar qabul qiliş huquqiga egaligini tasdiqladi. «Döst bölmagan» mamlakatlarda ovoz berişning ehtimoliy bekor qilinişi sababini gazeta manbalari xavfsizlik muammolari va konsullik xodimlari sonining qisqarişi bilan izohlamoqda.

RF TIV: «döst bölmagan» mamlakatlarda saylovlar böyiça qaror yanvar oxirigaça qabul qilinadi 

Rossiya Taşqi işlar vazirligi «döst bölmagan» mamlakatlarda prezidentlik saylovlarini ötkaziş bilan boğliq vaziyatni örganmoqda, ovoz berişni taşkil etiş formati va amaliy jihatlari e’lon qilinadi, dedi TIV vakili Mariya Zaxarova RBK’ga. 

«Biz davlatlardan xavfsizlikni ta’minlaşni söraymiz va idoralararo örganiş natijalariga köra xorijda ovoz berişni taşkil etiş sxemasi böyiça qaror qabul qilinadi», dedi Zaxarova. U format va amaliy jihatlar taxminan yanvar oxiriga qadar e’lon qilinişini aytdi.

2018 yilgi prezidentlik saylovlarida 444 ming, 2012 yilda esa 442 ming kişi xorijda ovoz bergan, deb eslatadi «Vedomosti».