Unga köra, Osiyo çempioni böliş uçun asosiy da’vogar sifatida Yaponiya keltirilgan. «Samuraylar»ning boş sovringa ega çiqiş imkoniyati 24,6 foizga baholangan.
Ikkinçi örindan Janubiy Koreya joy olgan bölib, Son Hyon Min yetakçiligidagi koreyslarning imkoniyati 14,3 foizga baholangan.
Uçinçi örindan Eron joy olgan bölib, forslarning imkoniyati – 11,2 foizga baholangan.
Guruhdoşimiz Avstraliya va Saudiya Arabistoni milliy jamoalari bu borada beşlikka kiritilgan.
Opta statistik portal superkompyuteri Özbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogini qölga kiritiş imkoniyatini 2,5 foizga baholagan bölib, Sreçko Katanets şogirdlari bu reytingda 8-poğonada qayd etilgan.

Turnirda ğolib böliş uçun imkoniyati deyarli yöq deya baholangan jamoalar – Hongkong (0,1 %), Indoneziya (0,2 %), Malayziya (0,2 %) va Qirğiziston (0,1 %) sifatida körsatilgan.
Ma’lumot örnida, Özbekiston guruhda Suriya, Hindiston va Avstraliyaga qarşi maydonga tuşadi. Dastlabki öyin 13 yanvar kuni Ektor Kuper boşqaruvidagi suriyaliklarga qarşi ötkaziladi.












