The New York Times gazetasining yozişiça, Ukrainaga yuborilgan va qiymati 1 milliard dollardan ortiq bölgan yelkadan otiladigan raketalar, kamikadze dronlari va tungi köriş uskunalari AQŞ rasmiylari tomonidan yomon nazorat qilingan.
Mudofaa vazirligi boş inspektorining e’lon qilgan hisobotida qurollar Polşadagi AQŞ harbiy logistika markaziga yoki Ukraina jang maydonlariga olib ötilgandan keyin maqsadsiz işlatilgani haqida heç qanday dalil yöq.
«Harbiy yordamning maqsadli işlatilganini aniqlaş bizning vakolat doiramizga kirmaydi», deyiladi hisobotda.
Ammo hisobot şuni körsatadiki, Vaşington va Yevropadagi AQŞ rasmiylari va diplomatlari 40 mingga yaqin qurol böyiça tezkor yoki töliq hisobot bera olmagan. Vaholanki, ular qonun böyiça qat’iy nazorat ostida bölişi kerak edi. Çunki ularning texnologiyasi va nisbatan kiçik ölçami qurol kontrabandaçilari uçun jozibador nişonga aylantiradi.
Hukumat ma’lumotlar bazasidan izsiz yöqolgan yoki boşqa yöl bilan hisob-kitob qilinmagan qurollarning yuqori foizi «öğirlik yoki sizdiriliş xavfini oşirişi mumkin». Hisobotda körib çiqilgan qurollar soni Qöşma Ştatlar 2014 yildan beri Ukrainaga yuborgan qariyb 50 milliard dollarlik harbiy texnikaning ozgina qismini taşkil etadi.
Şunday bölsa-da, Pentagon suriştiruvi sönggi ikki yil içida Ukrainaga tezkor yuborilgan Amerika harbiy yordamining hisobi qanday yuritilgani böyiça dastlabki xulosalarni çiqariş imkonini beradi. Xarajatlarga şubha bilan qaragan qonunçilar soni ortib borayotgani Kiyevga köproq yordam yuborişga qarşilik qilmoqda va nazoratni talab qilmoqda.
Hisobotda Ukrainaga berilgan 39 139 ta harbiy texnikadan qançasi «yöqolgan» deb hisoblanganiga aniqlik kiritilmagan.
2023 yil iyun oyi holatiga köra, Qöşma Ştatlar Ukrainaga 10 mingdan ortiq tankka qarşi Javelin raketalari, 2,5 mingta Stinger yer-havo raketalari, taxminan 750 ta Kamikaze Switchblade dronlari, 430 ta örta masofaga möljallangan «havo-havo» sinfidagi raketalar va 23 mingta tungi köriş vositalarini yetkazib bergan.
Pentagon va Davlat departamenti vakillarining sözlariga köra, xavfli jangovar şaroitlar Mudofaa vazirligi xodimlarining qurol-yaroğlarni maqsadli işlatilganiga işonç hosil qiliş uçun frontga borişini deyarli imkonsiz qilgan.
Mudofaa vazirining siyosat böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi Aleksandra Beyker hisobotning 15 noyabrdagi loyihasiga javoban, talab qilinadigan hisob-kitob qoidalari «uruş şaroitida maqbul emasligini» aytdi.
Uning ta’kidlaşiça, Kiyevdagi AQŞ elçixonasida eng «nozik» qurol va jihozlarni nazorat qiliş uçun Mudofaa vazirligi xodimlari yetarli emas. Hozirgi vaqtda Ukrainada bunday «nozik» qurollar 50 mingdan ortiq va ularning soni doimiy ravişda ösib bormoqda.












