Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan telefon orqali muloqot çoğida 2024 yilga möljallangan rejalarni muhokama qildi.
«Hamkasbim, Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan janoblari bilan telefon orqali muloqot qilişdan mamnunmiz», - deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida.
Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarining tobora kengayib borayotgan kun tartibi muhokama qilindi.
Suhbat çoğida 2023 yilning muvaffaqiyatli yakunlari sarhisob qilinib, 2024 yilga möljallangan rejalar körib çiqildi.
2023 yil 26-27 sentabr kunlari Anqara şahrida Özbekiston va Turkiya taşqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Hoqon Fidan raisligida Özbekiston-Turkiya strategik rejalaştiriş guruhining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikda erişilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yaqin va uzoq muddatli maqsadlar belgilab olindi.












