Sibirdagi ikki aviakompaniya Rossiya hukumatidan 50 yildan ortiq foydalanilgan An-24 va An-26 sovet samolyotlarining xizmat muddatini uzaytirişni söradi, deb xabar berdi Reuters 11 yanvar kuni. Şu tariqa, Rossiya aviasanoati yangi samolyotlar va ular uçun ehtiyot qismlari yetkazib berişni taqiqlagan ğarb sanksiyalari natijasida yuzaga kelgan taqçillikni bartaraf etişga harakat qilmoqda, deya ta’kidlaydi agentlik. 

«Angara» aviakompaniyasi boş direktori Sergey Zorinning sözlariga köra, gap 100 ga yaqin «Antonov» samolyotlari haqida ketmoqda: hozirda ular parvoz qilmoqda, biroq ba’zilari joriy yilda hisobdan çiqarilişi kerak. 2030 yilgaça uşbu samolyotlarning törtdan bir qismini foydalanişdan oliş rejalaştirilgan. 

Ğarb sanksiyalari şaroitida parvozlar 

«Antonov» vintli samolyotlari 50 nafargaça yölovçini siğdira oladi hamda Sibir va Uzoq Şimol şaroitida uçişga yaxşi moslaşgan. Ular -55 darajagaça bölgan haroratga bardoş bera oladi. Maşinalar 1950-yillarda işlab çiqilgan va 1960-yillarda Kiyevdagi aviazavodda işlab çiqarilgan, biroq işlab çiqariş sönggi 10 yil davomida töxtatilgan. 

Rossiya aviakompaniyalari rahbarlari, uçuvçilari va aviasanoat mutaxassislari ğarb sanksiyalari va dvigatellar uçun zarur ehtiyot qismlari hamda butlovçi qismlarning yöqligi şaroitida ularga texnik xizmat körsatiş xarajatlari sezilarli darajada oşişini ta’kidlamoqda. Biroq, hozirça ularning örnini bosadigan heç narsa yöq, deydi «Polyarnyye avialinii» texnik direktori vazifasini bajaruvçi Aleksey Yevseyev. «An-24 va An-26 Yoqutistonda yölovçi va yuk taşişning yagona vositasi bölgan va şunday bölib qolyapti», - deya ta’kidladi u. 

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga samolyotlar va ehtiyot qismlari yetkazib berişni, şuningdek, ularga texnik xizmat körsatiş va suğurta qilişni taqiqladi. Qöşma Ştatlar aviatsiya sanoati tovarlari eksportini ham çeklab qöydi va «Aeroflot» laynerlari hamda boşqa Rossiya aviakompaniyalariga nisbatan sanksiyalar kiritdi.